15-mavzu. Qobiliyat-individual psixologik xususiyat sifatida. Reja
Xarakterning o‘sishida namunaning roli
Download 70.5 Kb.
|
15 -Mavzu.Qobilyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qobiliyat to‘g‘risida tushuncha. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar va yoshlarning kasb tanlash muammolari.
Xarakterning o‘sishida namunaning roli. YUksak axloqiy va irodaviy xislatlari bilan hammaga manzur bo‘lgan kishilar namunasi xarakter tarbiyalashning muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatimizda bolalarga namuna qilib ko‘rsatish mumkin bo‘lgan ajoyib insonlar juda ko‘p. Ayniksa, mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘zining ishbilarmonligi, tashabbuskorligi, xalq manfaati yo‘lidagi fidokorligi bilan yoshlarga ibrat bo‘ladigan kishilar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday kishilarni biz ulkan qurilishlarda, Toshkent-Ush xalqaro yo‘lining qurilishida, chet ellar bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar ochganlar orasida, fan, texnika, san’at, adabiyot namoyandalari orasida ko‘plab uchratishimiz mumkin.
Qobiliyat to‘g‘risida tushuncha. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar va yoshlarning kasb tanlash muammolari. Xo‘sh, qobiliyatlar nima? Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko‘nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin shu xususiyatlarning o‘zlari mazkur bilim, ko‘nikma, malakalarga taalluqli bo‘lmaydi. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashda namoyon bo‘lsa ham, bilimlar va ko‘nikmalarni egallash bilan bog‘lanib qolmaydi. Qobiliyatlar va bilimlar, qobiliyatlar va malakalar, qobiliyatlar va ko‘nikmalar aynan bir-biriga o‘xshash narsa emas. Malakalar ko‘nikma va bilimlarga nisbatan kishining qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Tuproqqa tashlangan don ana shu dondan unib chiqishi mumkin bo‘lgan boshoqqa nisbatan atigi imkoniyat bo‘lib hisoblangani singari kishining qobiliyati bu bilimlar va ko‘nikmalarni egallash uchun imkoniyat hisooblanadi xalos. Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda ham fakat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatdagina namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar bilim, malaka va ko‘nikmalarning o‘zida ko‘rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalarni egallash jarayoni turli teng sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, oson va mustahkam amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. Xuddi ana shu o‘rinda yuzaga chiqadigan farqlar bizga qobiliyatlar haqida gapirish xuquqini beradi. SHunday qilib, qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual–psixologik xususiyatdir. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling