15-mavzu. Qobiliyat-individual psixologik xususiyat sifatida. Reja


Qobiliyatlarning sifat va miqdor xarakteristikasi


Download 70.5 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1406061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15 -Mavzu.Qobilyat

Qobiliyatlarning sifat va miqdor xarakteristikasi
Qobiliyatlar individual–psixologik xususiyatlar sifatida, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, kishilar bir-biri bilan teng emas. Ana shuning uchun ham qobiliyatlar haqida gap ketganda bu farqlarni xarakterlab o‘tish kerak. Bu farqlar sifatli va miqdoriy bo‘lishlari mumkin.
Qobiliyatlarning sifat jihatdan xarakteristikasi insonga mehnat faoliyatining qaysi sohasida (konstruktorlik, pedagoglik, iqtisodchilik, sport va boshqalarda) osonlik bilan o‘zini topa oladi, katta yutuqlarga va muvaffaqiyatlarga erishadi degan savolga javob topish imkoniyatini beradi. Bu bilan qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularning miqdoriy xarakteristikasiga uzviy bog‘liqdir.
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jihatdan o‘lchash muammosi uzoq tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida qator psixologlar (Kettel, Termen, Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyatini aniqlashni taklif qilib chiqdilar.
O‘sha paytlarda qobiliyatlarni o‘lchash usuli sifatida aqliy iste’dod testlaridan foydalanildi.
Aqliy iste’dod testlari mazmun jihatdan qator savollar va masalalardan tashqil topgandir. Ularni echish muvaffaqiyati (sarflangan vaqtni hisobga olib) ball yoki ochkolar yig‘indisi bilan hisoblanadi. Masalan, o‘n bir yoshlik bolalarning aqliy qobiliyatlarini aniqlash uchun ingliz maktablarida quyidagicha test qo‘llangan: «Petr Jeymsga qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Hammadan ko‘ra kim baland? Savol tagiga quyidagi javoblar yozib qo‘yiladi: 1. Edvard, 2. Jeyms, 3. Petr,» Ayta olmayman. YOki boshqacha test: qizil, yashil, ko‘k, ho‘l, sariq. Bu erda bola turkumga kirmaydigan so‘zni aniqlashi kerak va hokazo.
Bolalar testlar to‘plamini bajarib bo‘lgandan keyin ularning natijalarini standartlashtirilgan yo‘l bilan, ya’ni har bir sinaluvchi olgan ochkolar miqdorini hisoblash bilan shug‘ullanishadi.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling