15-mavzu. Qobiliyat-individual psixologik xususiyat sifatida. Reja
Download 70.5 Kb.
|
15 -Mavzu.Qobilyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarakterning o‘sishida ijtimoiy muhitning roli
- Xarakterning o‘sishida jamoaning roli.
- O‘z xarakterini o‘zi tarbiyalash.
Xarakterning shakllanishi. Kishining xarakteri tug‘ma, doimiy va o‘zgarmaydigan narsa emas. Bola onadan mehnatsevar yoki dangasa, rostgo‘y yoki munofiq, botir yoki qurqoq, intizomli yoki intizomsiz bo‘lib tug‘ilmaydi. Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan taraqqiy qilib, o‘zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bog‘liqdir. SHu sababli kishining irodasi, aql-idroki va his-tuyg‘ularining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi haqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xarakterining rivojlanishiga ham tegishlidir. Xarakterning o‘sishida ijtimoiy muhitning roli. Kishining butun hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo, shu kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir ko‘rsatadi. Xarakterning o‘sishida tarbiyaning roli. Xarakterning o‘sishida tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash asosiy va etakchi rol o‘ynaydi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta, mas’uliyatli vazifa ota-onalar, o‘qituvchilar, bolalar bog‘chalari tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterning o‘sishida jamoaning roli. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyaviy roli nihoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan ajralgan holda tanho yashay olmaydi. U muayyan bir jamoada, chunonchi, oilada, maktabda, sexda, bog‘chada hayot kechiradi. Jamoa – shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi zvenodir. Odamning faoliyati – o‘yin, o‘qish va mehnati xuddi mana shu jamoada voke bo‘ladi. Jamoa shaxsning eng yaqin konkret muhiti bo‘lib qolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Kishi xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoada tarbiyalanmog‘i mumkin. O‘z xarakterini o‘zi tarbiyalash. Kishi xarakteri o‘z–o‘zini tarbiyalashning ham mahsulidir. SHu sababli har bir kishi ma’lum yoshdan boshlab o‘z xarakteri va uning ayrim sifatlari uchun javobgar hamdir. SHu bilan bir vaqtda kishi o‘z xarakterida salbiy tomonlarni o‘zi tan olishi, kamchiliklarni o‘zi tarbiyalashi lozim. O‘z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarni, yaxshi idealini o‘zida tarbiyalashi kerak. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling