15-mavzu. Qobiliyat-individual psixologik xususiyat sifatida. Reja


Download 70.5 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1406061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15 -Mavzu.Qobilyat

Qobiliyatlarning tuzilishi
Qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan fazilatlar yig‘indisining tuzilishi oqibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning har xil turlari uchun turlicha bo‘ladi. Masalan, adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik tuyg‘ularning yuksak taraqqiy etgan darajasini, xotirada yorqin kurgazmali obrazlar mavjudligini, til hissini, boy fantaziyani, odamlar psixologiyasiga nisbatan zo‘r qiziqishni, o‘z-o‘zini ifodalash ehtiyojini va shu kabilarni taqoza qiladi. Musiqiy, pedagogik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va juda ko‘p qobiliyatlar tuzilishi o‘ziga xos xarakterga egadir.
Konkret qobiliyatlar tuzilishini tashqil etadigan shaxs xislatlari va xususiyatlari orasida ba’zi birlari etakchi o‘rinni egallasa, ba’zi birlari yordamchi rolni o‘ynaydilar. Jumladan, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida pedagoglik odobi, kuzatuvchanlik, bolalarga muhabbat, ularga nisbatan yuksak talabchanlik bilan qo‘shib olib boriladigan bilim berishga ehtiyoj, yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir qator tashqilotchilik qobiliyatlari kompleksi etakchi fazilatlar hisoblanadi.
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin. Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini o‘rganar ekanmiz, biz bu qobiliyatlarda birgina emas, balki juda ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatning bir muncha torroq doiralarga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin. Ayrim kishilarda bu umumiy fazilatlar yorqin ifodalanadi. Masalan, Ibn Sino ham vrach, ham yozuvchi, ham musiqachi, ham matematik va hokazo qobiliyatlarga ega bo‘lgan.
Hamza Hakimzoda Niyoziy ham dramaturg, shoir, kompozitor, pedagog, jamoat arbobi bo‘lgan. Ayrim kishilarda esa fazilatlar ko‘proq bir faoliyatga tegishli bo‘ladi. Masalan, rassomlikka, kompozitorlikka, naqqoshlikka qobiliyat va hokazo.
Iste’dod, uning paydo bo‘lishi
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb aytiladi. Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir. Qobiliyatlar kabi iste’dod ham fakat ijodiyotda yuksak mahoratga va anchagina muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir.
Urush yillarida sarkardalik iste’dodlari jushqin rivojlanadi, tinchlik davrida injenerlik, konstruktorlik va shu kabi iste’dodlar rivojlanadi. Masalan, hozir O‘zbekistonni dunyodagi eng ilg‘or, eng obro‘li davlatlardan biriga aylantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Mustaqillik davrining ana shu ehtiyoji ajoyib quruvchilar, muhandislar, naqqoshlar, xunarmandlarning o‘sib chiqishiga yo‘l ochdi. Ayniqsa sport sohasidagi muvaffaqiyatlarimiz beqiyosdir. Mana, o‘zbek kurashi bo‘yicha birinchi o‘rinda, boks bo‘yicha yuqori o‘rinlardan birida turibmiz. Bularning hammasi davr taqozosidir.
Iste’dod - bu qobiliyatlar yig‘indisidan, ularning majmuidan iboratdir. Alohida olingan, yakka qobiliyatni, garchi taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo‘lsa ham, iste’dod bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.
SHunday qilib, iste’dod shaxs psixik fazilatlarining shu qadar murakkab birikmasiki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, hatto bu qobiliyat xotiraning yuksak mahsuldorligi kabi juda qimmatli qobiliyatlar bo‘lishiga qaramasdan, belgilab bo‘lmaydi.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling