15-Mavzu: Qozog‘iston Respublikasi tabiiy boyliklari, mamuriy-hududiy tarkibi
-rasm. Qozog’iston siyosiy-mamuriy xaritasi
Download 0.75 Mb.
|
15 Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qozog’istonning tabiiy sharoiti va resurslari. Tabiiy sharoiti.
13-rasm. Qozog’iston siyosiy-mamuriy xaritasi
Hozirgi vaqtda Mamlakat Respublikasi ma’muriy hududiy tarkibida 14 oblast mavjud, ular beshta iqtisodiy rayonga birlashtirilgan. Uning hududi shimoldan janubga 1800 km, g’arbdan sharqqa esa 3000 km ga cho’zilgan va quruqlikda 5 ta davlatlar (Rossiya, Xitoy, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston) bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi 13331 km ni tashkil qiladi. Shuningdek, 600 km masofada Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston bilan Kaspiy dengizi orqali ham chegaralarga ega. Respublikaning iqtisodiy geografik o’rni nisbatan qulay. O‘rta Osiyo davlatlari shimol, g’arb va sharq bilan bog’lovchi asosiy temir yo’l va avtomobil yo’llari ustida joylashgan. Boshqacha aytganda, Mamlakat Rossiya, Xitoy va Yaponiya hamda G’arbiy Yevropa davlatlari bilan eng qulay holda bog’lanish imkoniyatlariga ega. Uning Kaspiy dengizi bilan tutashligi ham iqtisodiy geografik o’rni qulayliklarini oshiradi. Qozog’istonning tabiiy sharoiti va resurslari. Tabiiy sharoiti. Relyef xususiyatlariga ko’ra, hududi asosan tekisliklardan (2/3 qismi) tashkil topgan. Qolgan 1/3 qismi tog’lar va yassi tog’liklardan iborat. Umuman respublikaning g’arbiy, shimoliy va O‘rta qismlari tekisliklar bilan egallangan. Asosiy tog’lari shimoliy-sharqiy tomondagi Rudali Oltoy, janubi-sharqiy va janubiy chegaralar bo’ylab Jung’ariya Olatovi, Tarbag’atay, Tyan’shan tog’lari tizmalari, Qoratov hamda respublika O‘rta mintaqasi bo’ylab g’arbdan sharqqa tomon cho’zilgan. Mamlakat Yassi tog’ligi, shimoldan janubga tomon cho’zilgan ancha pastkam Mug’odjar (Ural tog’ining janubiy davomi) va respublikaning chekka janubiy-g’arbiy qismidagi Mang’istov bu ulkan o’lkaning asosiy tog’ va yassi tog’larini tashkil qiladi. Uning rel’efi iqtisodiy-geografik nuqtai nazaridan qaraganda, ijobiy xususiyatlarga ega. Boshqacha aytganda, hududni iqtisodiy o’zlashtirishda (ekin maydonlariga aylantirish, yo’llar, aholi punktlari, korxonalar qurishda va boshqalar) ortiqcha qiyinchiliklar to’g’dirmaydi. Iqlimi turli ob’ektiv sabablarga (hududining kattaligi va g’arb, janubi-g’arbiy hamda shimoliy tomonlardan tabiiy to’siqlarga ega emasligi va boshqalar) ko’ra xilma xil, keskin kontinental xususiyatga ega.Yoz asosan issiq va davomli o’tadi. Iyul’ oyining Markaziycha t°si janubiy rayonlarida +26°C dan shimolda +19°C gacha tebranadi. Mutloq maksimum +46°C gacha yetadi. Yoz respublikaning shimoliy va sharqiy hududlari va baland tog’larini hisobga olmaganda, yog’ingarchiliksiz quruq o’tadi. Qish esa Rossiyaning shimoliy hududlaridan qolishmaydigan darajada qahraton. Yanvar’ oyining Markaziycha t° janubida -5°C dan shimolida -20°C gacha tebranadi. Mutloq minimum -48°C dan -53°C gacha yetadi. Sovuqsiz kunlar shimolda 110 kundan janubda 190 kungacha davom etadi. Markaziycha yog’ingarchilik ko’rsatkichlari respublikaning g’arbiy va janubi-g’arbiy tekis cho’l hududlarida 100 mmdan, shimoliy va shimoli-sharqiy rayonlari tomon ko’payib boradi va 300 mm dan 600-700 mmgacha. Yog’ingarchilik asosan baland tog’li hududlarida eng ko’p tushadi. Tabiiy sharoitning bunday xususiyati respublika hududida asosan kenglik bo’lib (shimoldan janubga qarab) o’rmon-dasht, dasht, chala cho’l va cho’l tabiiy geografik zonalarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Tabiiyki, bu zonalar iqtisodiy geografik jihatdan turlicha ahamiyatga ega. Jumladan, o’rmon-dasht, dasht va tog’oldi zonalari dehqonchilik (asosan tabiiy namlik asosida) uchun, boshqa zonalar esa chorvachilik uchun ahamiyatli. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling