15 Mavzu: Termik ishlov berishning asosiy texnologiyalari Ma`ruzaning rejasi
- Mavzu: Termik ishlov berish turlarining tasnifi
Download 0.71 Mb.
|
8 amal tax
2 - Mavzu: Termik ishlov berish turlarining tasnifi
Ma`ruzaning rejasi: Yumshatish, normallash, toblash, kimyoviy-termik ishlov berish, termomexanik ishlov berish; 1-tur yumshatish; Yumshatishda qotishmalar strukturasi va xossasini o’zgarishi. Har qanday termik ishlov berish jarayonini temperaturaning vaqt mobaynida o’zgarishini ko’rsatuvchi grafik yordamida tasvirlash mumkin. Bunday grafik yordamida qizdirish temperaturasi, qizdirish va sovutish vaqti, qizdirish va sovutish tezligining o’rtacha va haqiqiy qiymati, qizdirish temperaturasida ushlab turish vaqti va ishlab chiqarish tsiklining umumiy davom etish vaqtini aniqlash mumkin. Lekin bu grafik shakli bilan biz qanday termik ishlov berish turi haqida ish olib borilayotgani haqida hech narsa deya olmaymiz. Termik ishlov berish turi temperaturaning vaqt mobaynida o’zgarishi orqali emas, balki metall va qotishmalarda faza va struktura o’zgarishlari orqali aniqlanadi. Termik ishlov berishning oxirigi belgilariga asoslangan holda rus olimi A.A. Bochvar tomonidan qora va rangli metall va qotishmalarni termik ishlov berishning ko’p sonli turlarini o’zida jamlagan tasnifi ishlab chiqildi. A.A. Bochvar tasnifiga asosan, Iqtisodiy o’zaro hamkorlik Kengashining standartlash bo’yicha komissiyasi tomonidan po’lat va rangli metall va qotishmalarni termik ishlov berishni turli turlari tasnifi hamda shunga mos terminologiyalar ishlab chiqildi. 2.1-rasmda metall va qotishmalarni termik ishlov berishning asosiy turlari tasnifining sxemasi tasvirlangan. Termik ishlov berish – termik ishlov berish, termomexanik ishlov berish va kimyoviy-termik ishlov berish turlariga bo’linadi. Termik ishlov berish – metall yoki qotishmalarga termik ta’sir ko’rsatish hisoblanadi. Termomexanik ishlov berish – metall va qotishmalarga termik ta’sir ko’rsatish bilan birgalikda plastik deformatsiyalanishni amalga oshirish. Kimyoviy – termik ishlov berish – metall va qotishmalarga termik va kimyoviy ta’sir ko’rsatishdir. Termik ishlov berish quyidagi asosiy termik ishlov berish turlarini o’zida mujassamlantirgan: 1-tur yumshatish, 2-tur yumshatish, polimorf o’zgarishga ega bo’lgan toblash, polimorf o’zgarishga ega bo’lmagan toblash, metall yoki qotishma sirtini erishi yuzaga keltiradigan toblash, bo’shatish va eskirtirish. Bunday termik ishlov berish turlari po’lat, rangli metall va qotishmalarga tegishlidir. Termik ishlov berishning har bir turi o’zi alohida turli asosdagi qotishmalarni o’ziga xosligini e’tiborga olgan holda turli turlarga bo’linadi. Alohida termik ishlov berish turlari zagotovka va detallar olishning boshlang’ich va asosiy jarayonlarida, masalan issiq holda bosim bilan ishlov berishda, quymakorlikda, payvandlashda va boshqa turli operatsiyalarda ham uchraydi. Masalan, quymakorlik sohasida qotishmalarni qolipga quyilganda qotishidan so’ng quymani tez sovutish jarayonida to’la toblash kuzatiladi. Detallarni silliqlashda ularning yuzasini qizishi natijasida bo’shatish jarayoni kuzatilishi mumkin. Payvandlashda payvand choklariga termik ta’sirlanish zonasida qayta kristallanuvchi yumshatish va shunga o’xshash termik ishlov berish turlarini uchratishimiz mumkin. Bu qo’shimcha termik ishlov berish turlari ba’zi hollarda foydali ham bo’lishi mumkin, shu bilan birga buyumlarda kutilmagan struktura va xossasini o’zgarishiga olib kelishi ham mumkin. 2.1- rasm. Metall va qotishmalarga termik ishlov berish turlariningasosiy tasnifi sxemasi Quyish, prokatlash, bolg’alash va boshka ishlov berishlardan so’ng zagotovka notekis soviydi. Natijada bir jinsli struktura xosil bo’l-maydi, zagotovkaning turli joylarida xossalari turlicha bo’ladi, ichki kuchlanishlar paydo bo’ladi. Bundan tashqari likvatsiya (kimyoviy notekislik) tufayli quymaning kimyoviy tarkibi ham bir xil bo’lmaydi. Bu nuqsonlarni yo’qotish uchun termik ishlov beriladi, unga yumshatish va normallash kiradi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling