15 Mavzu: Termik ishlov berishning asosiy texnologiyalari Ma`ruzaning rejasi


Download 0.71 Mb.
bet11/16
Sana08.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#243425
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
8 amal tax

Yumshatish–zagotovka yoki buyumni kerakli temperaturagacha qizdirish, shu temperaturada ushlab turib, so’ngra asta-sekin sovitishdan iborat: uglerodli po’latlar soatiga 200°S, legirlan­gan po’latlar esa soatiga 30-100°S tezlik bilan sovitiladi. Bunda qoldiq kuchlanishlarsiz barqaror struktura olinadi.

Yumshatishdan maqsad ichki kuchlanishlarni yo’qotish, struktu­raning bir xil bo’lishiga erishish, ishlov berishni yaxshilash ham­da keyingi termik ishlov berish operatsiyasiga tayyorlashdan iborat.

Normallash deb po’latni Ac3 va Asm kritik nuqtalardan 30-50° C ortiqroq temperaturagacha qizdirib, ushbu temperaturada ushlab turish hamda tinch havoda sovutishdan iborat bo’lgan jara­yonga aytiladi. Normallashda ichki kuchlanishlar kamayadi, po’lat kay­ta kristallanadi, payvand choklar, quyma va pokovkalarning yirik zarrali struk­turasi maydalashadi.

Po’latning qattiqligi, mustaxkamligi va elastikligini oshi­rish uchun toblashdan foydalaniladi.

Toblash – po’latni faza o’zgarishlardan yuqoriroq tempera­turagacha qizdirish, bu temperaturada ushlab turish, so’ngra tez sovitishdan iborat bo’lgan jarayondir.

Bo’shatish –termik ishlov berishning yakunlovchi operatsiyasi bo’lib, toblangan po’latni kritik nuqtadan (Ac1) past tempera­turagacha kizdirish, shu temperaturada ushlab turish xamda sekin yoki tez sovitishdan iborat. Bo’shatishdan maqsad po’latdagi kuchl­anishni ketkazish yoki yo’qotish, xamda kovushqoqligini oshirib, qattiqligini kamaytirishdan iborat.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling