15 Mavzu: Termik ishlov berishning asosiy texnologiyalari Ma`ruzaning rejasi


Deformatsiyalanadigan qotishmalar


Download 0.71 Mb.
bet15/16
Sana08.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#243425
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
8 amal tax

Deformatsiyalanadigan qotishmalar
Issiq holda bosim bilan ishlov berishda qotishmani tuzi­lishi­ni nasliy o’zgarishi ro’y bersa ham, lekin u quyma struk­turani keyingi sovuq holda bosim bilan ishlov berishda texnologik xossasiga ta’sirini to’liq barta-raf etish uchun etarli bo’lmaydi. Dendritli kimyoviy notekislik bartaraf etilmagan quyma strukturadagi “nasldorlik” qotishmani sovuq holda deformatsiyalashda plastikligini kamayishida namoyon bo’ladi. Bu hol shu bilan tushuntiriladiki, issiq holda bosim bilan ishlov berishda strukturani kuchli tarzda maydalanishi va “surilishi”ga qaramasdan dendritli kimyoviy notekislik natija­sida hosil bo’ladigan qotishmaning mikro bir xil emasligi bartaraf etil­maydi. Quymani gomogenizatsiyalash sovuq holda deformatsiya­lana­digan qotishmani plastikligini oshirib, oraliq yumshatishni qisqar­tiradi va sovuq holda prokatlashda siqilish darajasini kamaytiradi, listlarni cho’zilishga nisbatan shtamp­lanuvchan­ligini yaxshilaydi.

Quyma strukturaning nasldorligi nisbatan o’ta turg’un bo’ladi va u buyumni ishlashda ekspluatatsion xossasiga ta’sir etadi. Bunga qaramasdan qotishma strukturasi texnologik tsiklda kuchli ta’­sirlarga, jumladan bosim bilan ishlov berish, toblash, bo’shatish va boshqa ishlov berishlarga jalb qilinadi. Xrom va volfram bilan legirlangan yuqori uglerodli po’latlarda dendritli kimyoviy notekislik tufayli karbidli evtektika yuzaga keladi. Bu hodisani karbidli kimyoviy notekislik deb ataladi. Buyumlarni issiq holda prokatlash va toblashga qaramasdan dag’al evtektik karbidlarning to’planishi saqlanib qoladi. Bu joylarda asbobni lezviyasi va sharikli podshipnikning ishqalanuvchi yuzasi darz ketadi.

Quymani gomogenizatsiyalash tayyor mahsulotni na faqat xos­sasini yaxshilamasdan, shu bilan birga ba’zi bir xossalarini yomonlashtiradi. Masalan, D16 markali duralyuminiy quymasini 4900 C temperaturada sutka mobaynida gomogenizatsiyalash toblan­gan va eskirtirilgan listlarni nisbiy uzayishini bir qancha foizga oshirsa, shu bilan bir vaqtning o’zida uning mustahkamlik chegarasini 1 – 1,5 kgkuch/mm2 ga kamaytiradi. Mustahkam­likning bir qanchaga kamayishiga sabab quymani gomogenizatsiyalashda marganetsni o’ziga xos o’zini tutishi bilan tushuntiriladi. Yuqori­da ta’kidlab o’tganimizdek, 5000 C tempera­turaga yaqin tempera­turada marganetsni alyuminiyda eruvchanligi unchali katta emas va kristallanish jarayonida marganets bilan o’ta to’yingan eritma parcha-lanadi. Quymani gomogenizatsiyalashda eritmadan marganetsni chiqishi va ajralib chiqadigan marganetsli intermetal­lidlar zarrachasini koagulyatsiya­si qayta kristal-langan duralyu­miniy­dan tayyorlanganva to’la termik ishlangan (toblangan va eskirtirilgan) listlarni mustahkamligini bir qanchaga kamay­tiradi.

Katta yonilg’i sarfi va sezilarli darajada metallni oksid­lanishga o’tishi bilan sodir bo’ladigan po’latlarni gomogenizatsiya­lanuvchi yumshatishni faqat ma’su-liyatli maqsad­larda ishlatila­digan yuqori sifatli legirlangan po’latlar uchun qo’llaniladi (yumshatish temperaturasi 1050 – 12500 C temperatura intervalida olinadi). Uglerodli po’latlardan faqat avtomat po’latlar gomo­genizatsiya­lanuvchi yumshatishga jalb qilina­di. Avtomat po’latlar yuqori miqdorda oltingugurt ega bo’lib, po’latga kesib ishlov berishni yaxshilaydi (oltingugurt odatda, 0.04 – 0,06 % o’rniga 0,2 -0,3 % gacha bo’ladi ). Oltingugurt kristallanishda donani chegarasi bo’ylab kuchli tarzda singib, prokatlashda issiqlikdan sinuv­chan­lik­ka olib keladi. 11500 C temperaturadagi gomogeniza­tsiya­lanuvchi yumshatish esa avtomat po’latlarni issiqlikdan sinuvchanligini bartaraf etadi.

Juda ko’p deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalarning quymalari bosim bilan ishlov berishni yaxshilash va undan tayyor­langan yarim tayyor mahsulotlarni mexanik xossasini oshirish uchun gomogenizatsiyalanuvchi yumshatishga jalb qilinadi. Yumshatish temperaturasi odatda, 450–5500 C temperatura inter­valida bo’lib, uni qotishma markasi va yarim tayyor mahsulot turiga qarab, tanlanadi.

Deformatsiyalanadigan magniy qotishmalaridan tayyorlangan quymalar alyuminiy qotishmalardan tayyorlangan quymalarga qo’yilgan maqsadni echish kabi 390–450o C temperaturada gomogeni­zatsiyalanadi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling