15 Mavzu: Termik ishlov berishning asosiy texnologiyalari Ma`ruzaning rejasi
Download 0.71 Mb.
|
8 amal tax
I -tur yumshatish
1-tur yumshatish metall va qotishmalarga turli ishlovlar berishda ularda yuzaga keladigan muvozanat bo’lmagan holatni qisman yoki to’liq olib tashlash uchun mo’ljallangan termik ishlov berish turi bo’lib, unda faza o’zgarishlari kuzatilmaydi. 1-tur yumshatish quymakorlik, bosim bilan ishlov berish, payvandlash, termik ishlov berish va boshqa texnologik jarayonlarda yuzaga keladigan muvozanat bo’lmagan holatni olib tashlash uchun xizmat qiladi. Qanday muvozanat holatidan og’ishlarni bartaraf qilishga bog’liq ravishda 1-tur yumshatishning quyidagi turlari mavjud: gomogenlovchi, kristallanishga qadar, qayta kristallanuvchi (rekristallanuvchi) va kuchlanishini kamaytiruvchi yumshatish. Metall yoki qotishmalarni muvozanat holatidan og’ishlarni kamaytiruvchi jarayonlar o’zicha boradi va 1-tur yumshatishda qizdirish faqat bu jarayonlarni tezlashtirish uchun xizmat qiladi. 1-tur yumshatishdagi asosiy parametrlarga qizdirish temperaturasi va ushlab turish vaqti kiradi. Qizdirish va sovutish tezligi yordamchi parametrlar hisoblanadi. Gomogenlovchi yumshatish – bu termik ishlov berish turi bo’lib, metall yoki qotishmalardagi dendritli kimyoviy notekislik (likvatsiya) tufayli hosil bo’ladigan ta’sirlarini (kamchiliklarni) yo’qotish uchun xizmat qiladigan eng asosiy jarayon hisoblanadi. Dendritli kimyoviy notekislik tufayli qotishmaning asosi hisob-langan, qattiq eritmalardagi ichki kristallarning kimyoviy mikronotekisligi hosil bo’ladi. SHu bilan birga ortiqcha muvozanatda bo’lmagan faza-lar ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, 2.2-rasm. Evtektik turdagi sistemada muvozanat bo’lmagan solidus A' da va X1 qotishmada dendritli kimyoviy notekislikda bc qattiq eritmaning o’rtacha tarkibini o’zgarish egri chizig’i 2.2-rasmda ko’rsatilgan X1 qotishmaning muvozanat holatidagi kristallanishida b – eritmani qotishmaning butun hajmi bo’yicha tarkibi bs chiziq bo’yicha o’zgaradi va kristallanishi evtektika hosil bo’lmasdan muvozanat holdagi solidus nuqtasi hisoblangan s da tugaydi. Muvozanat bo’lmagan holda kristallanishda b – eritmani B komponentlari bilan to’yinganligi kechikib hosil bo’lib, oldindan hosil bo’ladigan qatlamlar tarkibi bilan bir xil holga kelishga ulgirmaydi va X1 qotishmadagi birlamchi kristallarning o’rtacha tarkibi bc chiziq bo’ylab o’zgaradi va uning kristallanishi evtektik temperaturada (m nuqtada) tugaydi. X1 qotishmaning kristallanishi tugashi bilan dendritli yacheykalarda – dendrit shoxlari kesimlarida – legirlovchi elementlar miqdori qotishmaning o’rtasida minimal bo’lsa, sirtqi yuzada esa evtektik temperaturada erish chegarasiga mos keladi (2.2-rasm, a nuqta). Bu qotishma muvozanat bo’lgan holda bir fazali bo’lib, dendritli kimyoviy notekislik tufayli muvozanat bo’lmagan evtektika kristallanadi va uning miqdori cm/ce ga teng bo’ladi. Juda ko’p hollarda muvozanat bo’lmagan evtektika dendrit yacheykalarini chegarasi bo’ylab joylashgan evtektika kelib chiqishga ega bo’lgan v-fazani hosil qiladi. 2.2-rasmda ko’rsatilgan holat diagrammadagi k nuqta berilgan holatda muvozanat bo’lmagan evtektikaning hosil bo’lishining miqdoriy chegarasidir. Ishlab chiqarish sharoitlarida yuzaga keladigan qotishmalarning kristallanishini sovutish tezliklarining diapazonida qattiq eritmadagi tekislangan diffuziya kuchli tarzda bosim ostida bo’ladi va muvozanat bo’lmagan ortiqcha faza legirlovchi elementning juda ham kam miqdorida kristallanadi. Misol tariqasida, evtektik yoki peritektik temperaturada (a) qotishma erishining chegarasi nuqtasida ikkinchi komponentning miqdori va kokilda (metall qolipda) quyma olish sharoitida miqdoriy chegarada (k) muvozanat bo’lmagan fazani hosil bo’lishi quyida ko’rsatilgan: Sistema............................Al-Cu Al-Mg Mg-Al Cu-Sn a, %.....................................5,7 15,4 12,7 13,5 k, %.....................................0,1 0,5 0,1 4,0 Quyma qotishma kristallanish jarayonida muvozanat holatidan og’ishi natijasida quyidagi kamchiliklarga ega bo’ladi: 1. Agar dendritli kimyoviy notekislik natijasida ortiqcha mo’rt faza hosil bo’lsa, qotishmaning plastikligi odatda, kamayadi. Ayniqsa, qotishmaning den-dritli yacheykasi chegarasi bo’ylab, mo’rt birikmalarning (intermetallid, karbidlar va boshqalar) dag’al zarrachalaridan iborat bo’lgan yaxlit qatlamlar hosil bo’lsa, u holda uning plastikli kuchli tarzda kamayib ketadi; 2. Turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan dendritli yacheykalarni markaziy uchastkalari va ularning chegaralari mikrogalvanik juftliklar hosil qiladi. Shuning uchun qattiq eritmaning ichki kristallitlararo kimyoviy notekisligi elektrkimyoviy korroziyaga bardoshlikni kamaytiradi. Qattiq eritmada ortiqcha muvozanat bo’lmagan fazalarni hosil bo’lishi odatda, qotishmaning korroziyaga bardoshligini ham kamaytirib yuboradi; 3. Bosim bilan ishlov berishda, masalan prokatlash va presslashda turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan mikrouchastkalar cho’ziladi va maxsus cho’zilgan struktura hosil qilishi mumkin; 4. Dendritli kimyoviy notekislik qotishmaning solidus temperaturasini kamaytiradi, lekin bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Masalan, toblash uchun tez qizdirilganda yoki bosim bilan ishlov berilganda buyumlar qisman erishi mumkin. Muvozanat bo’lmagan holda hosil bo’lgan evtektikaga ega bo’lgan joylarda buyumning qisman erish kuzatiladi; 5. Vaqt bo’yicha quyma qotishmaning strukturasi va xossasi stabil bo’lmaydi. Yuqori temeraturalarda ishlaydigan buyumlarda qattiq eritmalarning tarkibi o’z holicha sekin - asta tekislanib boradi va ortiqcha fazalar so’rilib ketishi kuzatiladi. Bu yuqoridagi kamchiliklarni yo’qotish uchun metall va qotishmalar yumsha-tiladi, ya’ni to’g’riroq aytadigan bo’lsak, gomogenlovchi yumshatishga jalb qilinadi. Bitta fazali qotishmalarda, masalan mis-nikelli qotishmalarni gomogenlovchi yumshatishda bosh asosiy jarayon qattiq eritma donasini tarkibini bir xillashtirish, ya’ni ichki kristallitlararo kimyoviy notekislikni yo’qotish hisoblanadi (2.3-rasm). 2.3-rasm. Cu- 20 % N ga ega bo’lgan qotishma mikrostrukturasi. X100; a – quymadan so’ng holati; b – 10000 C temperaturada 40 soat mobaynida
Ortiqchav–fazali dendritli yacheyka chegarasida gomogenizatsiyalashgan yumshatishda dastlabki boshlang’ich ushlab turish vaqtida b – eritma miqdorining muvozanati o’rnatiladi va u gomogenlash temperaturasida eruvchanlik chegarasiga mos keladi (2.2 – rasmda t1 temperaturada r nuqtasidir). b–eritmaning chegaraviy qatlamining miqdori ortiqcha b – faza mavjud bo’lguncha doimiy ravishda ushlab turiladi (2.4 -rasm). Dendritli yacheykaning ichida tarkibni to’g’rilash, tekislash ortiqcha fazani to’liq erishining tezligi va vaqtini aniqlovchi gomogenizatsiyalashning nazorat qiluvchi zvenosi hisoblanadi. Agar, shartli ravishda b – fazaning ichida tarkibni tekislash va unda ortiqchav – fazani erish jarayonini bir biridan ajratsak, u holda sxematik ko’rinishda quyidagi holatni ko’rsatish mumkin. b – eritmaning ichida tarkibni tekislash uni v – faza bilan chegarasida miqdorini 2.2, 2.4- rasmlarda tasvirlangan r nuqtadan pastki qiymatgacha kamayishiga olib keladi va dendritli yacheykaning chegaraviy qatlami v–fazaga nisbatan to’yinmagan bo’lib qoladi. SHuning uchun v – faza erib, b – eritmaning chegaraviy qatlamini miqdorini muvozanat holatigacha oshiradi va h.k. b/v chegara asta-sekin eruvchi v – faza tomon suriladi, b – fazaning tarkibi esa dendritli yacheyka kesimi bo’ylab tekislanadi (2.4 – rasmda tasvirlangan chiziqcha chiziqcha qilib chizilgan chiziq). 2.4-rasm. v– fazaning chegarasida boshlang’ich (1), oraliq (2) va yakunlovchi (3) gomogenlash momentida b –eritmaning dendritli yacheykasining kesimida legirlovchi elementlarning taqsimlanishining egri chizig’i Agar ortiqchav – faza to’liq eriy olsa, u holda uning to’liq yo’q bo’lishidan keyin ma’lum bir vaqtdan so’ng b – faza ichidagi miqdorning tekislanish jarayoni tugallanadi. Agar qotishma tarkibi muvozanat sharoitida bir fazali bo’lmasligi kerak, gomogenlashda esa faqat ortiqcha muvozanat bo’lmagan ikkinchi faza (yoki bir qancha fazalar) eriydi (2.5 -rasm). Alyuminiy qotishmalar bilan o’tkazilgan sinovlar shuni ko’rsatdiki, ichki kristall kimyoviy notekislikni to’liq olib tashlash vaqti muvozanat bo’lmagan ortiqcha fazani to’liq erish vaqtidan (fe) bir qanchaga oshiq bo’ladi. Ma’lumki, fe vaqtni oson aniqlash mumkin, uning strukturasini yorug’lik mikroskopi yordamida tadqiq qilish mumkin. Qattiq eritmaning ichidagi miqdorni tekislanish kinetikasini tadqiqot qilishda nisbatan qimmat va murakkab tuzilgan mikrorentgenospektral tahlildan foydalaniladi. Fikning birinchi qonuniga asosan, moddaning diffundirlovchi oqimi I, ya’ni birlamchi vaqtda birlamchi kesim yuzasidan o’tuvchi modda miqdori, x yo’nalish bo’ylab va bu kesimga perpendikulyar bo’lgan yo’nalish bo’yicha dc|dx gradient miqdoriga proportsionaldir: I = – D·dc|dx (1) Diffuziya koeffitsienti D qotishma tabiati, qattiq eritma turi va tarkibi hamda donaning o’lchami va ayniqsa keskin ravishda temperaturaga bog’liqdir: D = Ae –Q/RT (2) bu erda, R – gaz doimiysi; T – temperatura; Q – diffuziyani faollashtiradigan energiya; A– temperaturadan amalda bog’liq bo’lmaydigan konstanta. 2.5-rasm. Diametri 150 mm bo’lgan D16 markali duralyuminiy quymasini eruvchi struktura tashkil etuvchisini hajmiy qismi (V) va 4000 C temperaturada nisbiy torayishni (sh) 5000 C temperaturadagi gomogenlash vaqtiga nisbatan bog’liqlik egri chizig’i Temperatura diffuziya koeffitsientini ifodalovchi kattalik darajasiga kiradi va o’z navbatida uncha katta bo’lmagan miqdorda temperaturani oshishi sezilarli darajada diffuziyani tezlashtiradi. Odatda, gomogenlovchi yumshatish qotishmaning erish temperaturasini 0,90–0,95Te temperaturasidan yuqori temperaturada, lekin solidus nuqtasidan past temperaturada amalga oshiriladi. Ba’zi bir hollarda gomogenlovchi yumshatish temperaturasi 0,80 – 0,90Te intervalda bo’ladi. Diffuziyani faollashtiruvchi energiya Q kristall panjarada atomlarning bir joydan boshqa joyga o’tishini ta’minlab beradi. Bu o’tish uchun zarur bo’ladigan ortiqcha energiya qo’shni atomlardan oladi, chunki atomlarning uzluksiz kinetik energiya bilan o’zaro almashinadi. Faollashtiruvchi energiya qiymati diffuziya koeffitsienti qiymatiga kuchli ta’sir etadigan daraja ko’rsatkichiga kiradi. Singdirilgan usulda erigan elementlarning diffuziyasini faollashtiruvchi energiyasi o’rin almashish usulida erigan elementlarnikidan kichik. SHuning uchun, oxirigisi sekin diffuziyalanadi. Masalan, o’rin almashish usulida austenitda erigan legirlovchi elementlar singdirilgan usulda temirda erigan uglerodga qaraganda sezilarli darajada diffuzion xarakatlanuvchanlikka ega bo’ladi. O’rtacha uglerodli po’latlarda austenitdagi uglerodning diffuziyasini foallashtiruvchi energiyasi taxminan 31000 kal/g-atom ga teng bo’lsa, austenitdagi muhim legirlovchi elementlarning diffuziyasini faollashtiruvchi energiyasi esa 60000 kal/g-atom odatda ortiq bo’ladi. Austenitdagi uglerodning diffuziya tezligi austenitdagi legirlovchi elementlarning diffuziya tezligidan bir qancha darajada kattadir. Uglerodli po’latlardan tayyorlangan quymalar odatda gomogenlovchi yumshatishga jalb qilinmaydi, chunki ularni issiq holda bosim bilan ishlov berishga jalb qilinganda austenitda uglerodning tez diffuziyasi tufayli dendritli kimyoviy notekislik yo’qolishiga ulgiradi. Legirlangan po’latlarda ichki kristallitlararo kimyoviy notekislikni bartaraf etish va evtektik tabiatga ega bo’lgan muvozanatda bo’lmagan ortiqcha karbidlarni erishi uchun ular maxsus qizdirilishga, ya’ni 1050–12500 C temperaturada gomogenlovchi yumshatishga jalb qilinadi.
Yumshatish temperaturasini oshirish ushlab turish vaqtini oshirishga nisbatan taqqoslab bo’lmaydigan samarali holat hisoblanadi. Gomogenlovchi yumshatishda ushlab turish vaqti odatda, bir qancha soatdan o’nlab soatgacha o’zgarib turadi. Bunda temperaturani oshirib, yumshatishda ushlab turish vaqtini kamaytirish mumkin. To’liq gomogenlash vaqti qattiq eritmada komponentlarni diffuzion xarakatlanuvchanligini aniqlaydigan na faqat yumshatish temperaturasi va qotishma tabiatiga bog’liq bo’ladi. Gomogenlash vaqtiga quyma qotishma-ningdastlabki mikrostrukturasi ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Gomogenzatsiyalash tezligi ortiqcha faza zarrachasining qalinligi va asosiy fazaning dendritli yacheykasining o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Ortiqcha fazaning erish vaqtini (fe) tugallanishini eruvchi faza zarrachasini o’rtacha qalinligiga (m) nisbatan bog’liqligi quyidagi tenglamaga bo’ysinadi: fe = amb, (3) bu erda a va b – gomogenizatsiyalanuvchi yumshatishda berilgan qotishma va berilgan temperatura uchun konstantadir. Bu formula bo’yicha alyuminiy qotishmalari uchun daraja ko’rsatkichi 1,2 – 2,5 atrofida bo’ladi. Mikrostrukturani boshqarib, gomogenzatsiyalashni tezlashtirishning ikki yo’lini qo’llash mumkin. Birinchi yo’l – qotishmani kristallanishini tezligini oshirish. Kristallanish tezligi qanchalik katta bo’lsa, dendritli yacheykaning o’lchami shunchalik kichik bo’ladi va chegara bo’ylab kristallanayotgan ortiqcha faza zarrachasi shunchalik mayin bo’ladi. Shuning uchun katta tezlikda sovutishda qotadigan quymali va shaklli quymalar tezroq va to’laroq gomogenizatsiyalanadi, chunki ular bir biridan mayin tuzilish bilan farqlanadi. Masalan, kichik kesimli uzluksiz quymakorlik qotishmasi katta kesimligiga qaraganda tezroq gomogeniza-tsiyalanadi; metall qolipda olingan quymalar qum-gil qolipda olingan quymalarga nisbatan gomogenizatsiyalanadi. Gomogenizatsiyalashni tezlashtirishning ikkinchi yo’li – bosim bilan ishlov berish yo’li bilan quymani strukturasini maydalashdir. Bunda legirlangan po’latlardan tayyorlangan quymalarni uzoq vaqt davom etadigan gomogenizatsiya-lanuvchi yumshatishga qaraganda oxirigi holatdan oldin deformatsiyalangan zagotokani qizdirish davomiyligini oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling