15-mavzu: xarajatlarni turkumlash reja


-«Ishlab chiqarishdagi brak»


Download 154.93 Kb.
bet6/9
Sana23.04.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1386403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XARAJATLARNI TURKUMLASH

2610-«Ishlab chiqarishdagi brak»;

3110-«Oldindan to’langan ijara haqi»;

3120-«Oldindan to’langan xizmat haqi»;

3190-«Boshqa bo’nak xarajatlari»;

8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervi».

Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo’yicha guruhlanadi.

2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:

mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari;

qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo’yicha pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari;

xizmatlar ko’rsatish bo’yicha transport va aloqa korxonalari;

ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo’yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari;

avtomobil yo’llarini asrash va ta’mirlash bo’yicha yo’l xo’jaliklari.

Ushbu schetning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko’rilgan yo’qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar aks ettiriladi.

2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.

Yordamchi ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini aniqlash uchun tegishli xarajatlar 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schetida guruhlanadi.

2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schetidan quyidagi yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga olishda foydalaniladi:

- energiyaning har xil turlari (elektroenergiya, bug’ va boshqalar) bilan yordam ko’rsatish;


Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling