15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari


Download 390.39 Kb.
bet23/47
Sana08.03.2023
Hajmi390.39 Kb.
#1249189
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

ustuvor yo`nalishlari.

O`zbekistonning hayoti deyarli 130 yil mobaynida chor Rossiyasiga, Sovet tuzumiga, hokimiyat tepasiga kelib-ketib turgan rahbarlarning g`ayriinsoniy siyosatiga, jamiyatdagi hukmron partiya tutgan yo`lga bog`liq bo`lgan.


Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning kundalik turmushiga daxldor bo`lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham o`z zimmasiga olgani uchun mamlakat taraqqiyoti sustlashib, xalq turmush darajasi kundan-kunga pasayib borgan. Davlatlatlashtirilgan iqtisod defitsitli iqtisodga aylandi. Mustaqillik arafasida eng zarur tovarlarning ilgari sezilmagan taqchilligi shiddat bilan kuchayib bordi. Defitsit za- monaviy tovarlar u yoqda tursin, hatto kundalik ehtiyoj tovarlarni ham qamrab oldi, inflyatsiya jarayoni kuchaydi. Iqtisodiyotdagi obyektiv qonuniyatlarning ko`r-ko`rona inkor egilishi ishlab chiqarishning o`sishiga salbiy ta‘sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zo`rayishiga sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining o`rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning o`rniga ma‘muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yo`lida to`g`anoq bo`ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xo`jalik aloqalarining uzilishi ishlab chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi.
Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, O`zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan mavjud vaziyatdan chiqib ketishi ancha qiyin edi. Chunki respublikada ko`p yillar davomida shakllangan xalq xo`jaligi tarkibi, ya‘ni unda paxta yakkahokimligining o`rnatilgani, xom ashyo resurslarinint Ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga yetkazilmatan va ishlab chiqarishning xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga bo`lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi.
Respublikada yuzaga kelgan bunday holatni O‘zbekiston Respublikasi (keying o‘rinlarda O‘z.R)ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tahlil qilib, shunday degan edi: "Bir necha o`n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda to`qilgan qarorlar amalga oshirildi, "kampaniya"lar o`tkazildi. O`zbekistonning chinakam manfaatlari, o`ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xo`jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg„i, asbob-uskunalar va texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste‟moli mollarini chetdan keltirishga majburdir" (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O`zbekiston, 1996. B. 61).
Mustamlakachilik siyosati oqibatida O`zbekiston iqtisodi zaif bo`lgani holda, o`z yeridagi boylikni o`zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. O`zbekistonning yer osti boyliklari umumittifoq mulki deb qaralar, hatto, "... oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik
ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida o`ta xaridorgir bo`lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O`zbekiston xazinasiga tushmas edi"(Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: O`zbekiston, 1996.

Download 390.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling