15-mavzu: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari


Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilina boshlandi va


Download 390.39 Kb.
bet27/47
Sana08.03.2023
Hajmi390.39 Kb.
#1249189
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
15-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilina boshlandi va yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo`ldi.
2017 yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo`lga qo`yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o`rinlari tashkil etildi
Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta ko`rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo`shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratildi.
Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o`sish sur‘atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko`paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi.
O`zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo`lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida 2018 yili qo`shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to`liq faoliyatini boshladi. ―O`zagrotex-sanoatxolding aksiyadorlik jamiyatida 2018 yilda 5 mingdan ko`proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.
Prezident Murojaatnomasi (28.12.2018)da aytilishicha, davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta‘sir ko`rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qo`mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xo`jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.
Bunday yondashuv so`nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib
kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo`q bo`lib ketdi.
Bu borada birinchi qadam sifatida 2018 yil ―O`zbekenergo va ―O`zbekiston havo yo`llari
tizimi tubdan isloh qilindi.
Iqtisodiyotdagi tizimli o`zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning
ulushi 2018 yilda 35 foizni tashkil etgan bo`lsa 2019 yilda bu ko`rsatkich 37 foizga oshirildi.
Islohotlarimiz natijasida 2019 yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar
ko`p yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
O`zbekiston Jahon bankining 2019 yilgi ―Biznes yuritish reytingida 7 pog`ona ko`tarilib, biznesni ro`yxatga olish ko`rsatkichi bo`yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o`rinni egalladi va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi.
Prezident Murojaatnomasida (2020 yil 24 yanvar) 2020 yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar o`zlashtirilishi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirilishi, jumladan, SHo`rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg`i, ―Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilishi, Yangi Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg`ali tarmog`i, yer usti halqa yo`lining birinchi bosqichi ishga tushirilishi ma‘lum qilingan edi. 2020 yil bahoridan butun dunyo va malakatimizda joriy qilingan karantin chora-tadbirlariga qaramasdan bu tadbirlarning aksariyati amalga oshirildi.
2020 yil 4 dekabrda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushilirdi. Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan. Ushbu majmua O`zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan. Zavodda import o`rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta‘minlandi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o`rni yaratildi.




    1. Download 390.39 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling