15-mavzu Yer sun’iy yo‘ldoshi yordamida radioaloqa. Optik diapazon radioaloqa sistemalari. Reja


Download 150.58 Kb.
bet1/8
Sana15.06.2023
Hajmi150.58 Kb.
#1479772
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-маъруза


15-mavzu Yer sun’iy yo‘ldoshi yordamida radioaloqa.
Optik diapazon radioaloqa sistemalari.
Reja:

  1. Yer sun’iy yo‘ldoshi yordamida radioaloqa qilish. Retranslyatorlar. Radiolokatsiyali, radionavigatsiyali, radiotelemetrik sistemalar.


  1. Optik diapazon radioaloqa sistemalari haqida umumiy ma’lumotlar.



Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga izlovchi va o‘lchovchi radiotexnik sistemalar va ularning bajaradigan asosiy vazifalari haqida tushunchalar berish.
Tushunchalar va tayach iboralar: radiolakatsiya, radionavigatsiya va radiotelemetriya.
Asosiy savollar:

  1. Radiolokatsion sistema.

  2. Radioboshqaruvchi va radiotelemetrik sistemalar

  3. Mobil aloqa sistemalari.

Izlovchi va o‘lchovchi radiotexnik sistemalar kelayotgan signallar ichidan foydali signalni ajratib oladi. Bunday holat radiolakatsiya, radionavigatsiya va radiotelemetriya sistemalarida amalga oshiriladi.
Radiolokatsion sistema ob’ektni topish, yo‘nalishini, koordinatasini va uning nimaligini aniqlashdan iboratdir. Bunday ob’ektlarga samolyotlar, raketalar va kemalar kiradi.
Radiolokatsion stansiyaning asosiy qurilmalari quyidagilardan iborat: impuls generatori, tarqatuvchi qurilma (elituvchi generator va modulyatordan tuzilgan), antenna qayta ulagichi (o‘tkir yo‘naltirilgan qabul qiluvchi va o‘lchov qurilmasidan iborat). Qurilmaning ishlash prinsipi 1, b – rasmda vaqt diagrammasi orqali keltirilgan (tT – signalni ushlab turuvchi vaqt).
Impuls generatori qisqa to‘lqinli (mks ning ulishlarida) impuls ishlab chiqaradi, (1) grafik. Bu IRS ning yuborayotgan radioto‘lqini. Tarqatuvchi qurilmada modulyator orqali elituvchi to‘lqin yuqori chastotali impulsga shakllanadi, ya’ni (impulsli modulyatsiya bo‘ladi) radioimpuls hosil bo‘ladi va fazoga tarqaladi. Antennani qayta ulagichi tarqatiluvchi signal chiqarishi bilan radioimpuls oralig‘ida qabul qiluvchi qurilmani ulaydi. Antenna orqali ob’ektdan qaytgan radioimpuls qabul qiluvchi qurilmaga tushadi. Ob’ektdan qaytgan impuls «O» bilan, ob’ektga yuborilgan impuls esa «I» bilan vaqt xarakteristikasida belgilangan.

Ob’ektdan kelgan impuls detektorlanib, kuchaytirilib o‘lchov qurilmasida o‘lchanadi (4) xarakteristika. Signalni ushlangan vaqti ty yordamida ob’ektgacha M–masofa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(14)
Bu yerda S – yorug‘lik tezligi. IRS ko‘pincha desimetrli, santimetrli, millimetrli to‘lqin uzunligidagi diapozonda ishlaydi. So‘ngi vaqtda fazalangan panjarali antenna ishlatilmoqda.
Radiolokatsiyali sistema – samolyotlarni, boshqarilib uchuvchi ob’ektlarni, korabllar va kosmik kemalarni geografik koordinatasini aniqlab beradi. Bunday radiotexnik qurilma uchuvchi ob’ektlarning bortida yoki Yerga o‘rnatilgan bo‘ladi. Yerga o‘rnatilgan radiotexnik qurilma ikkita yoki ko‘proq bo‘lib, joylashgan koordinatasi aniqdir. 2-rasmda dengizda suzuvchi kemalarni koordinatasini aniqlaydigan radionavigatsiyali sistemaning struktura sxemasi, ishlash prinsipi keltirilgan. Dengiz qirg‘og‘ida ikkita radionavigatsion sistema o‘rnatilgan: radiomayak RM1 va RM2 (radioto‘lqin tarqatuvchi qurilma).

Download 150.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling