15-mavzu Yer sun’iy yo‘ldoshi yordamida radioaloqa. Optik diapazon radioaloqa sistemalari. Reja


Download 150.58 Kb.
bet3/8
Sana15.06.2023
Hajmi150.58 Kb.
#1479772
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-маъруза

Optik tolali aloqa sistemalari
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga optik tolali aloqa sistemalari va ularning turlari haqida tushunchalar berish.
Tushunchalar va tayach iboralar: optik tola, ochiq nur, svetovod, signal interferensiyasi.
Asosiy savollar:

  1. Optik tolali aloqa sistemalari turlari.

  2. Optik tolali aloqa sistemalarining afzalliklari

  3. Optik tolali aloqa sistemalarining tuzilish tamoyillari

  4. Optik tolali aloqa sistemasining sxemasi.

Nazariy materiallar.Optik aloqa liniyasi eng qisqa to‘lqinli aloqa vositasi bo‘lib, yaqin infraqizil ko‘rinishidagi nur diapazonida ishlaydi. Konstruktiv – ekspluatatsion xususiyatlariga qarab optik aloqa liniyalari ikki xil bo‘ladi: ochiq nur bilan ishlaydigan aloqa liniyalar va yorug‘lik o‘tkazgichlari (svetovodlar) orqali aloqa qiluvchi liniyalar. Ochiq nur bilan ishlaydigan turdagi liniyalarning ish holati nur tarqalayotgan muhit tiniqligiga bog‘liq bo‘ladi va aloqa masofasi to‘g‘ri ko‘rinish masofasiga bog‘liq hisoblanadi. Yorug‘lik o‘tkazgichlari orqali aloqa qiluvchi aloqa liniyalarida signal optik to‘lqin tarqatuvchi sistemalarda uzatiladi. Bunday sistemalar ochiq nur bilan ishlaydigan liniyalarda ko‘rilgan kamchiliklardan xoli hisoblanadi va amalda juda keng qo‘llaniladi. Ular optik tolali aloqa liniyalari (OTAL) deb ataladi. OTAL sining ochiq nurlar bilan ishlaydigan aloqa liniyasiga qaragandagi afzalligi bo‘lib, ularning polosa kengligi juda ham kengligi , ya’ni taxminan 10GGs/km ni tashkil etishi hisoblanadi. Uzatilayotgan axborotlarga tashqi muhitning ta’siri deyarli bo‘lmaydi, ishlatish jihatdan universal bo‘lib, kichik xaji va massaga egadir.
Axborotlarni OTA liniyalari orqali uzatish mis kabellar va boshqa uzatish muhitlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Shu afzalliklari tufayli OTA dan nafaqat telefon aloqasini tashkil etishda, balki teleuzatishlarda, ovoz eshittirishlarini uzatishda, hisoblash texnikasida, transport vositalarida va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda.
OTAda uzatish kanali sifatida qo‘llaniladigan optik tolalarning afzalliklari quyida keltirilgan.

Download 150.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling