15-mavzu Yer sun’iy yo‘ldoshi yordamida radioaloqa. Optik diapazon radioaloqa sistemalari. Reja
Radioboshqaruvchi va radiotelemetrik sistemalar
Download 150.58 Kb.
|
15-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mobil aloqa sistemalari.
Radioboshqaruvchi va radiotelemetrik sistemalar. Radioteleboshqaruv sistemasi – uchuvchi apparatlarining harakatini avtomatik ravishda belgilangan traektoriya orqali uchishini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda uchayotgan kosmik apparatlarini boshqarishda ishlatiladi. Misol tariqasida Yer orbitasida uchayotgan kosmik kemani (KK) korreksiyalash jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Kosmik kema Yer orbitasida uchayotgan vaqtda unga Yerning tortish kuchi ta’sirini o‘tkazadi. Albatta kemalarning uchish davomida Yerning qaysi orbita qismida qancha tortishi hisobga olib uning traektoriyasini tuzish qiyin. Shuning uchun rejalashtirilgan orbita traektoriyasi bilan amaliy uchish traektoriyasi farqlanadi. Bu esa kosmik kemaga yuklatilgan masalani xato yechimga olib keladi. Shuning uchun, KK ning haqiqiy uchayotgan traektoriyasini va joyini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Nazariy traektoriyadan chetga chiqilganda real orbitaning parametrini aniqlab, korreksiya komandasini tuzib uni kemaga yuborish masalasini teleradio boshqarish sistemasi bajaradi. 3-rasmda teleradio boshqarish prinsipi ko‘rsatilgan: Uchishni boshqaruvchi markazga Yerdan, dengizdan kosmik kemaning haqiqiy uchayotgan joyining koordinatasi 1, 2, …, N lar (o‘lchovchi punktlar orqali) radioto‘lqin yordamida aniqlanib axborot beriladi. Markazda esa quvvatli kompyuterlar orqali hisoblanadi va real koordinatasi aniqlanadi. Markazda og‘ish traektoriyasiga qarshi korreksiya komandasi ishlanadi va bu komanda radioto‘lqinlariga aylantirilib kosmik kemaga yuboriladi. Komandaga qarab kosmik kema boshqa rejimga o‘tadi, shu bilan birga bortdagi qurilmalar ayrimlari korreksiya komandasiga mos ravishda ishlaydi va hisoblangan orbita bo‘yicha kosmik kema harakatlanadi. Mobil aloqa sistemalari. Kelajagi pok radioaloqalardan biri uyali (ko‘chma) radioaloqa bo‘lib, ma’lum bir territoriyada ko‘p sonli abonentlarni aloqa bilan ta’minlab beradi. Uyali radioaloqa sistemasining metodikasi hamma radiostansiyalarga kirishdir. Ko‘p radiostansiyalarga kirish deyilganda uzatuvchi va qabul qiluvchi baza stansiyasi bilan bog‘lanish yoki bir nechta uyali radiostansiyalar bilan aloqada bo‘lgan sputnik retranelyatori bilan bog‘lanishga aytiladi. Bunda baza radioaloqa stansiyasi orqali radiosignallarni tarqatish va qabul qilish jarayoni bajariladi. Ko‘p stansiyalarga kirish metodining effektivligi deyilganda radiostansiyadan aloqani o‘tkazish hususiyati,hajm va tezligiga aytiladi Eng qulay aloqadan biri ko‘p radiostansiyalarga kirish kanallarga har xil chastotalarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Ya’ni har bir radiostansiyaga o‘zining ishchi chastotasi belgilangan bo‘lib, ular orasida esa muhofazalovchi chastota polosasi mavjuddir. Shu bilan bir qatorda baza stansiyaga kirish va baza stansiyadan axborot olish ikki xil chastota orqali amalga oshiriladi. Chastota spektrining kam imkoniyatligi vaqt bo‘yicha bo‘linish usulini qabul qiladi. Ya’ni bir kanalni vaqt bo‘yicha Har xil chastotalarga aniqlab qo‘yiladi. Bu metodikaning amalga oshirishda baza bilan uyali stansiya orasida aloqa ulanadi va bir xil vaqtda aloqa ulanmaydi.Uchinchi variantda (abonent bilan radiostansiya orasidagi aloqada) kanallarni kod orqali bo‘linadi, ya’ni ko‘p kanalli radiostansiyalarga kod orqali kirishadi (KRKK). Yuqorida o‘rganilgan radioaloqa bitta o‘lchovli signallarga tegishli. Ko‘p stansiyali radioto‘lqin uzatuvchi fazoviy bo‘linishlar ham mavjuddir (FTUBK). Hozirgi vaqtda ko‘chma radioaloqa sistemasi beshta katta guruhga bo‘linadi: uyali aloqa sistemali ko‘chma aloqa; professional sistemali ko‘chma aloqa; shaxsiy sistemali ko‘chma aloqa yoki pejingli aloqa; sputnik orqali ko‘chma aloqa; simsiz telefon aloqali sistema. Uyali (sotovыy) sistemali ko‘chma (mobilnыy) radioaloqa 1946 yil AQSh ning Missisuri shtati Sent-Luise shahrida uyali (mobilnыy) radioaloqa o‘rnatilgan. Chastota ishlab chiqaruvchi (resursning) mablag‘ning kamligidan uyali konsepsiya ishlab chiqildi. Aloqaga hizmat qiluvchi territoriya ari iniga o‘xshab mayda–mayda olti qirrali 100 ta ko‘p burchakdan tashkil topadi. Har bir bazaviy stansiya shu territoriyaning birining markaziga o‘rnatiladi va bir chastotada ishlaydi. Baza stansiya shahar aloqa tarmog‘i bilan sim orqali yoki optik tolali aloqa orqali bog‘langan bo‘ladi. Bu aloqa baza stansiya chiqishidagi terminal bilan shahar tarmog‘ining telefoni orasida bog‘langan bo‘ladi. Har bir bazaning markazida antenna o‘rnatilgan bo‘lib, bu antenna radioto‘lqinni atrofdan qabul qiladi va atrofga tarqatadi. Buning modeli (12 chastotani to‘lqinga) 5-rasmda ko‘rsatilgan. Har bir baza kanalida hosil bo‘lgan halaqit (agarda aloqa qo‘shni kanal orqali bo‘layotgan bo‘lsa), qo‘shni kanal bazasiga ham tegishli bo‘ladi, ya’ni bazalardagi halaqitlar aloqa vaqtida qo‘shiladi va kanallar halaqitini hosil qiladi. Halaqitni kamaytirish uchun aloqa signalini chastotasi har xil kattalikda qabul qilinadi. Xizmat qilayotgan zonadagi har xil chastotali signallar bilan aloqani tiklayotgan bazalar klaster deb ataladi. 4-rasmda klaster 7 ga teng. 5-rasmda 12 chastotada ishlovchi va 60˚ kenglikda aloqa qiluvchi 4 ta radioaloqa bazasining modeli keltirilgan. Abonent aloqani bir bazadan ikkinchi baza orqali o‘tib uzoq masofalardagi ob’ektlar bilan aloqa bog‘lash mumkin. Abonent 1 km 35 km gacha masofada aloqa bog‘lasa makrosot deyiladi. Aloqa 1000 m gacha bo‘lsa mikrosot deyiladi. Sotovыylarni mana shu aloqasi sotovыylarni bo‘linishi deyiladi. Agarda sotoviylar kerakli zonaga tushayotganda yana ham aniqroq tushishi uchun yana mayda yacheykalarga (bazalarga) bo‘linadi, bu pikosot deyiladi (masofa 10 100 m gacha yetadi). Hamma abonentlar aloqasini ta’minlovchi baza radiostansiya abonentlarni chaqirig‘iga doim tayyor holda turadi. Abonentni chaqirilganda kodlangan chaqirig‘i Hamma baza stansiyalarga keladi, albatta shu zonadagi stansiyalardan uyali stansiyaga chaqiriqni olinganligi haqida signal keladi, so‘ngra AKM gaplashilmoqchi bo‘lgan uyali telefon joylashgan TQBS siga ulaydi. Agarda chaqiriq uyali stansiya abonentidan bo‘lsa, uning uyali stansiyasi avtomatik ravishda yaqinidagi baza stansiyaning kanaliga ulaydi.Hamma uyali aloqali sistemalar quyidagi tipovoy struktura orqali quriladi 6-rasm. Bu yerda: AT—aloqa liniyasi; ShAT—shahar aloqa tarmog‘i; AKM—aloqa kommutatsiya markazi; TQBS—tarqatuvchi, qabul qiluvchi Download 150.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling