16- mavzu yalpi ichki mahsulot statistikasi


YAIM=∑YAQQ YAQQ =YAICH-OI


Download 50.06 Kb.
bet2/8
Sana08.11.2023
Hajmi50.06 Kb.
#1756882
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
16-mavzu amaliy

YAIM=∑YAQQ
YAQQ =YAICH-OI
YAICH – tarkibiga quyidagilar kiradi:
barcha mahsulotlar;
– boshqa institutsional birliklarga, xususan, davlat boshqaruv organlari va notijorat tashkilotlarga ko’rsatilgan xizmatlar;
– uy xo’jaligi va yashash uchun ko’rsatilgan zaruriy xiz-matlar qiymati.
Oraliq iste’moli quyidagi elementlardan tashkil topadi:
– moddiy xarajatlar;
– nomoddiy xizmatlar uchun to’lovlar;
– safar xarajatlari va mehmonxona xizmatlari;
– oraliq iste’molning boshqa xarajatlari;
– mehmonxona xarajatlari.
Taqsimlash usuli. YAIM bu usulda hisoblanganda, uning hajmi mamlakat hududidagi barcha rezident va norezidentlarga to’langan bir-lamchi daromadlar yig’indisi teng bo’ladi.
YAIM=∑ BD( birlamchi daromad).
1993-yilda statistika amaliyotiga kiritilgan MHT ning uchinchi xalqaro standarti bo’yicha quyidagi daromadlar birlamchi daromad hisoblanadi:
1. Ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlar:
a) mehnat haqi hamda ishlab chiqarish va iqtisodiyotdagi sof soliqlar;
b) yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar.
2. Mulkdan olingan daromadlar, ya’ni boshqa iqtisodiy birliklarda foydalanish uchun ularning ixtiyoriga berilgan moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan olingan daromadlar.
a) foizlar;
b) dividendlar;
s) chet el investitsiyalarini qayta investitsiyalash natijasida olingan daromad turi;
d) sug’urta polislarining egalariga beriladigan mulkdan olingan da-romadlar;
e) renta.
Mehnat haqiga yalpi ish haqi, ijtimoiy sug’urta ajratmalari, natural ish haqi kiradi.
Ishlab chiqarish va import soliqlari 2 xil bo’ladi:
1. Mahsulot va import solig’i
2. Ishlab chiqarishning boshqa solig’i
YAIM taq =YAF + AD +MX +SS
Bu yerda:
YAF yalpi foyda;
AD – aralash daromadlar;
MX mehnat haqi;
SS – ishlab chiqarish va importga sof soliqlar.
Mahsulot va import solig’iga quyidagilar kiradi.: a) QQS; b) aksiz solig’i;
s) oborot solig’i; d) reklama solig’i; ye) foyda solig’i; f) eksport va import solig’i.
YAQQ ning yollanma xodimlariga mehnat haqi, ishlab chiqarish va import solig’i to’langandan keyin qoladigan qismi yalpi oraliq daromadlar deb ataladi.

Download 50.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling