16- mavzu yalpi ichki mahsulot statistikasi
Pirovad iste’mol xarajatlari yig’indisi usuli
Download 50.06 Kb.
|
16-mavzu amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAIMni o’zgarmas baholarda hisoblash
Pirovad iste’mol xarajatlari yig’indisi usuli.
Bu usulda YAIM ning qiymati yakuniy iste’molni tashkil etuvchi elementlarning summasi sifatida aniqlanadi: YAIMpir.= YAI + YAJ + e – I + Sx. Bu yerda: YAI – uy xo’jaliklari, davlat muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar-ning pirovard iste’moli; YAJ – yalpi jamg’arma; e – mahsulot va xizmatlar eksporti; I – mahsulot va xizmatlar importi; Sx. – statistik xatolik. YAIMni o’zgarmas baholarda hisoblash YAIMni joriy bozor baholarida hisoblash iqtisodiyotning tarkibini, iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi nisbatni, davlat byudjetiningYAIMga nis-batan taqchilligini va boshqa muhim iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash im-konini bersada, ammo iqtisodiyotning haqiqiy holatini ko’rsata olmaydi. CHunki mahsulot va xizmatlarning hajmi o’zgarmagan yoki kamaygan hol-larda ham narxning oshishi hisobiga o’sish sodir bo’lishi mumkin. Vaholan-ki, jamiyatning ehtiyojini faqat moddiy shakldagi mahsulot qondira oladi. YAIM ning haqiqiy dinamikasini hisoblashda baho ta’sirini bartaraf etish, ya’ni YAIMning fizik hajmi indeksini (Jq) hisoblash zarur: q0 va q1 – bazis va joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori; R0 – mahsulot birligining bazis davridagi bahosi: YAIM fizik hajmining indeksi iqtisodiy o’sish yoki kon’yukturadagi tebranishni tavsiflovchi muhim ko’rsatkichdir. YAIM ni o’zgarmas baholarda hisoblashning quyidagi usullari mavjud: Baho indeksi yordamida YAIM deflyatorni hisoblash. Ikki karrali deflyatorlash. YAIM ning fizik hajmi yordamida bazis davridagi ko’rsatkich-larni ekstrapolyatsiya qilish. Bu usullarni qo’llash yordamida YAIM ning real qiymatlari aniq-lanadi. Nominal YAIM joriy bozor narxlaridagi mahsulot va xizmatlar qiy-mati bo’lib, quyidagicha hisoblanadi: – nominal YAIM indeksi – bahoning umumiy indeksi Bu indekslar o’rtasida quyidagicha bog’lanish mavjud: Jqp = Jq Jp Real YAIM –ishlab chiqarish va xizmatlarning haqiqiy moddiy haj-mini belgilaydi. YA’ni YAIM deflyatori quyidagi formula yordamida hisoblanadi. YAIMning deflyatori barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xiz-matlar birligi bahosining joriy davrda bazis davrga nisbatan o’rtacha o’z-garishini ifodalaydi. Bundan tashqari quyidagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar aniqlanadi: Sof ichki mahsulot =YAIM –asosiy kapital iste’moli YAlpi milliy daromad = YAIM+xorijdan olingan birlamchi daro-madlar qoldig’i (+,-). Sof milliy daromad =YAMD –asosiy kapital iste’moli. Ixtiyoridagi yalpi milliy daromadi = YAMD + chet davlatdan olin-gan joriy transfertlar. YAlpi jamg’arma =YAMD-pirovard iste’mol. Milliy jamg’arma =IYAMD-yakuniy iste’mol. Download 50.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling