16- mavzu yalpi ichki mahsulot statistikasi
Download 50.06 Kb.
|
16-mavzu amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAQQ= YAICH – OI YAQQning bozor bahosidagi qiymati quyidagicha aniqlanadi: YAQQbb = YAQQab + SSm.va imp.
16- Mavzu YALPI ICHKI MAHSULOT STATISTIKASIUslubiy ko’rsatmalar va namunaviy masalalar yechish Iqtisodiy rivojlanishni baholovchi ko’rsatkichlar tizimi ishlab chi-qarishning barcha bosqichlarida faoliyat natijalarini ifodalaydi. Ishlab chiqarish faoliyatining pirovard natijalari alohida korxona va tashki-lotlar, tarmoqlar, sektorlar va butun iqtisodiyot bo’yicha o’rganiladi. Ish-lab chiqarish natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni aniqlash mamlakat rivojlanishi va istiqboli uchun muhimdir. Mamlakat iqtisodini umumlashtirib, baholovchi ko’rsatkichlar mak-roiqtisodiy ko’rsatkichlar deb ataladi. Bu ko’rsatkichlar hozirgi kunda milliy hisoblar tizimi (MHT) asosida aniqlanadi va iqtisodiy faoliyatning turli bosqichlari (ishlab chiqarish, daromadlarni shakllantirish va taq-simlash hamda ularning oxirgi iste’moli ) ni tavsiflaydi. Ishlab chiqarish bosqichlari quyidagi ko’rsatkichlar yordamida ba-holanadi: yalpi ishlab chiqarish (YAICH), oraliq iste’mol (OI), yalpi qo’shilgan qiymat (YAQQ), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof ichki mah-sulot (SIM) va boshqalar. YAICH – ma’lum davr mobaynida muayyan mamlakat hududida instituitsional birliklar yaratgan jami mahsulot va xizmatlarning yalpi qiymatidir. OI – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilin-gan tovar va xizmatlar qiymatidir. Uning tarkibiga asosiy kapital iste’-moli qo’shilmaydi. YAQQ – bu YAICH va OI orasidagi tafovut, ya’ni: YAQQ= YAICH – OI YAQQning bozor bahosidagi qiymati quyidagicha aniqlanadi: YAQQbb = YAQQab + SSm.va imp. Bu yerda: SSm.va imp. – mahsulot va importga sof soliq, ya’ni: SSm.va imp. = Soliq m.va imp. – Subsidiya m.va imp. YAIMni quyidagi 3 usul bilan hisoblash mumkin: 1. YAlpi qo’shilgan qiymat yig’indisi (ishlab chiqarish) usuli. 2. Birlamchi daromadlar yig’indisi (taqsimlash) usuli. 3. YAkuniy foydalanish komponentlari (pirovad yig’indisi) usuli. YAIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash uchun tarmoqlar yoki sektorlar bo’yicha guruhlangan barcha mustaqil rezidentlarning yalpi qo’shilgan qiymati jamlanadi: Download 50.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling