16-bob. Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish tayanch atamalar va iboralar


 Ayrim korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy asoslash usuli


Download 327.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.05.2023
Hajmi327.28 Kb.
#1455796
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Darslik industrial iqtisodiyot 244-254 (1)

16.4. Ayrim korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy asoslash usuli 
Sanoat korxonasini joylashtirish hududi va joyini tanlash yangi 
quriladigan korxona hajmi va ixtisoslashishini hamda yangi qurilayotgan 
korxonalarning ishlab turgan, loyihalanayotgan korxonalar bilan aloqalarini 
aniqlash sanoat korxonalarini faqat to‘g‘ri geografik joylashtirishning muhim 
masalalarigina bo‘lib qolmay, balki yangi va ishlab turgan korxonalarni 
rekonstruksiya qilishni loyihalashning ham muhim masalasidir. Loyihaning 
yuqoridagi masalalariga bag‘ishlangan qismi qolgan barcha qismlarining 
ishlashi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu qismda korxonani mazkur 
joyda qurishning maqsadga muvofiqligi, xomashyo, yoqilg‘i, energiya va suv 
manbalari, loyihalanayotgan korxonaning qiymati va texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari aniqlanadi: 
a) korxonalarni joylashtirish hududini tanlash; 
Sanoat korxonasini qurish uchun tanlangan hudud (iqtisodiy hudud) 
quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim: hududda xomashyo, yoqilg‘i, 
asosiy va yordamchi mahsulotlar mavjud bo‘lmog‘i kerak hamda 
loyihalashtirilayotgan korxona mahsulotiga yetarli talab bo‘lishi zarur. 
Bundan tashqari, qurilayotgan korxona uchun tanlangan hudud ishlab 
chiqarish kuchlari majmuasi rivojlanishini va mahalliy xomashyo, energetika 


251 
resurslaridan to‘la foydalanishni ta’minlashi lozim. Tanlangan hududda 
quriladigan korxonalar ular mansub bo‘lgan tarmoqlarning mamlakat hududi 
bo‘ylab bir tekis joylashishini ta’minlanmog‘i kerak. 
b) korxonani joylashtirish punktini asoslash;
Yangi korxonani joylashtirish hududi har tomonlama iqtisodiy 
asoslanib bo‘lgach, shu hudud ichida korxona qurilish o‘rni (punkti) 
belgilanadi. Korxonani joylashtirish punkti to‘g‘ri tanlanganligi qurilishning 
qancha davom etishiga, uning qiymatiga va korxonaning istiqbolda iqtisodiy 
samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Korxonani joylashtirish punktini asoslashda yirik shaharlarda 
sanoatning haddan tashqari, mujassamlashib ketishiga yo‘l qo‘yib 
bo‘lmasligiga, 
korxonalarni 
yagona 
energetika 
va 
umumiy 
kommunikatsiyalarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish shaklida qurish maqsadga 
muvofiqligiga, aholi joylarining rivojlanishini hamda qabul qilingan 
sanitariya-gigiyena talablari va normalariga rioya qilinishi zarur. 
Tanlangan qurilish punkti transport xarajatlari kam bo‘lishi uchun 
xomashyo manbaiga va iste’mol joylariga maksimal yaqin bo‘lmog‘i lozim. 
Punktni tanlashda korxonani qurish uchun maydonni tanlash va uni iqtisodiy 
baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Maydon gorizontal yuzaga ega 
bo‘lmog‘i lozim. Barcha binolar, inshootlar, korxona, transport xo‘jaligini 
maydonda ratsional joylashtirish, kelajakda kengaytirish, temir yo‘l 
magistraliga oson qo‘shilish, suv bilan oson ta’minlanish va ortiqcha suvlarni 
oqizib yuborish, yaqin oraliqda joylashgan aholi punktiga ega bo‘lgan 
sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi zarur. 

Download 327.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling