16-bob. Xalqaro darajada mehnatni boshqarish tayanch so’z va iboralar
Mehnatni boshqarishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining roli
Download 130.27 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
16.2. Mehnatni boshqarishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining roli
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 1919 yilda tashkil etilgandan buyon ijtimoiy-mehnat munosabatlarini xalqaro me’yorlar asosida tartibga solishni o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida ko‘radi. XMT tomonidan konvensiyalar va tavsiyalar tarzida ishlab chiqilgan xalqaro mehnat me’yorlarida (Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Zo‘raki yoki majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29- konvensiyasi; 1948 yildagi Uyushish erkinligi va tashkilotga huquqni himoya qilish to‘g‘risidagi 87-konvensiyasi; 1949 yildagi Tashkilotga va jamoaviy muzokaralarni olib borish huquqi tamoyillarini qo‘llashga doir 98- konvensiyasi; 1951 yildagi Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayollarni taqdirlash to‘g‘risidagi 100- konvensiyasi; 1957 yildagi Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi 105- konvensiyasi; 1958 yildagi Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish to‘g‘risidagi 111- konvensiyasi; 1973 yildagi Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi 138-konvensiyasi; 1999 yildagi Bola mehnatining eng yomon shakllarini man etish va tugatish bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g‘risidagi 182- konvensiyasi va boshqalarda) ijtimoiy-mehnat munosabatlarining xalqaro standartlari belgilab qo‘yilgan 16.3. XMTda Munosib mehnat dasturining qabul qilinishi va uning tamoyillari XMT jahonda ish bilan bandlik me’yorlari bo‘yicha umumiy xalqaro hujjat qabul qilinishi zarurligini anglagan holda Xalqaro mehnat konferensiyasining 1999 yil iyunida o‘tkazilgan 87–sessiyasida Munosib mehnat dasturini e’lon qildi. Mazkur Dasturda “Bugungi kunda Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy maqsadi – erkaklar va ayollar uchun erkinlik, tenglik, ijtimoiy kafolatlar va inson qadr- qimmatini hurmat qilish sharoitlarida munosib va samarali mehnat uchun imkoniyatlar yaratishdir” deb alohida uqtiriladi17 . Umuman, Munosib mehnat dasturiXalqaro mehnat tashkiloti o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga hamohangdir. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida inson imkoniyatlarini kengaytirish sifat jihatidan ancha yuqoriroq ehtiyojlarni qondirishni anglatadi hamda shaxsni rivojlantirish, shuningdek uning ijodiy salohiyatini to‘liq namoyon etilishini anglatadi. Bundan XMTning Munosib mehnat konsepsiyasi keng qamrovli tushuncha ekanligi oydinlashadi va u bir vaqtning o‘zida quyidagi bir necha shartlar bajarilishini nazarda tutadi: • mehnat sohasida har qanday kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; • qulay ishlab chiqarish va ijtimoiy-mehnat sharoitlarining mavjudligi; • turmush sifatini oshirish imkonini beradigan ish haqi; • shaxsning rivojlanishi va mehnat salohiyatini namoyon qilishi uchun imkoniyatlar; • xodimlar huquqlari muhofazalanganligining muayyan ijtimoiy kafolatlari yaratilganligi; • ijtimoiy muloqotda ishtirok etish imkoniyati. Yuqorida qayd qilingan shartlardan birortasiga rioya etilmasa – bu Munosib mehnat dasturi taqchilligini bildirgan bo‘ladi. Mazkur konsepsiya nafaqat xodimlarning mehnat sharoitlari, mehnat munosabatlarini yaxshilash, ularda o‘z mehnatidan qoniqish hissini tug‘dirishga, shuningdek mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lishini ta’minlashga, korxonalarning, umuman mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga, ya’ni iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikka xizmat qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo davlatlarning “munosib mehnat”ni ta’minlash sohasidagi faoliyatini kuchaytirish maqsadida XMTning ular uchun majburiy bo‘lgan “Mehnat sohasida tub asosiy tamoyillar va huquqlar to‘g‘risida”gi deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlar quyidagi tamoyillarga rioya qilishlari, ularni qo‘llash va hayotga tadbiq etishga ko‘maklashishlari shartligi belgilab qo‘yildi: • uyushish erkinligi va jamoaviy muzokaralar o‘tkazish huquqini amalda tan olish; • zo‘raki yoki majburiy mehnatning barcha shakllarini bekor qilish; • bolalar mehnatini amalda man etish; • mehnat va mashg‘ulot sohasida kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik. Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2000 yilning oktyabridan boshlab tajriba tariqasida Munosib mehnat dasturini amalga oshirishga kirishildi. 2002 yilning o‘rtalarida ushbu dastur turli mintaqalar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ham turlicha bo‘lgan jahonning 8 davlati: Bahrayn, Bangladesh, Daniya, Gana, Qozog‘iston, Marokash, Panama, Filippinda joriy etildi. Bu quyidagi maqsadlarga yo‘naltirildi: • “munosib mehnat” taqchilligini qisqartirish bo‘yicha milliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash; • mamlakatlarga Munosib mehnat dasturini milliy siyosatga joriy etishda yordam ko‘rsatish; • turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda munosib mehnat muammosiga kopleks yondoshuvning samaradorligini amaliyotda tasdiqlash; • samarali dasturlar va siyosatni ishlab chiqish usullarini rivojlantirish; • Munosib mehnat dasturini milliy siyosatga joriy etish bo‘yicha tajriba to‘plash. Yuqorida qayd qilinganlar umumlashtiriladigan bo‘lsa, Munosib mehnat dasturi quyidagi xususiyatlarni qamrab oladi: 1.Ma’naviy xususiyatlar, ya’ni xodim mehnat jarayonida umume’tirof etilgan va o‘z qadriyatlariga amal qilishi lozim. 2. Moddiy xususiyatlar – bu qilingan mehnat va uning natijalari uchun taqdirlanish darajasi mazkur shaxs va uning oilasi ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli darajada bo‘lishi talab qilinadi. 3. Sifat xususiyatlari. Bu xodimning mehnat faoliyati uchun zarur jihatlarni – ish joyining qulayligi, asbob–uskunalarning yetarligi, jamoadagi muhit va hokazolarni qamrab oladi. 4. Miqdor xususiyatlari esa ish va dam olish tartibining oqilona bo‘lishini nazarda tutadi. 5. Mehnat mazmunining xususiyatlari – ushbu tushuncha faqat mehnat faoliyatining qiziqarligi bilan chegaralanib qolmasdan, shuningdek xodimning o‘z bilimi, malakasini oshirish, xizmat darajasida ko‘tarilish, rahbariyat va jamoa a’zolari tomonidan qarorlar qabul qilinishida fikrlari hisobga olinishini ham qamrab oladi. Shundan kelib chiqqan holda “munosib mehnat”ni - shaxsni daromadining darajasi, ijtimoiy himoyalanganligi, kasbda o‘sish imkoniyatlari, shuningdek mazmuni, ahloqiy xususiyatlari bilan qondiradigan mehnatdir” deb ta’riflash mumkin. Nazorat savollari 1.Mehnat sohasiga doir inson huquqlarining himoyalanishi bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgan 2.Halqaro darajada mehnatni boshqarish qaysi tashkilot tomoindan amalga oshiriladi? 3.XMT missiyasi nimadan iborat? 4.XMTning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qanday konvensiyalarini bilasiz? 5.Majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirlmoqda? Download 130.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling