16-bob. Xalqaro darajada mehnatni boshqarish tayanch so’z va iboralar


Download 130.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi130.27 Kb.
#1784097
  1   2


16-BOB. XALQARO DARAJADA MEHNATNI BOSHQARISH 
 
Tayanch so’z va iboralar: Birlashgan millatlar tashkiloti, 
Xalqaro Mehnat 
Tashkiloti, munosib mehnat dasturi
. Konvensiya. 
 
 
16.1. Birlashgan Millatlar Tashkilotida mehnat sohasiga doir inson 
huquqlarining himoyalanishi. 
16.2. Mehnatni boshqarishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining roli. 
16.3. XMTda Munosib mehnat dasturining qabul qilinishi va uning 
tamoyillari. 
 
16.1. Birlashgan Millatlar Tashkilotida mehnat sohasiga doir inson 
huquqlarining himoyalanishi. 
 
BMT Rivojlanish dasturining ta’rificha, “Insonni rivojlantirish - odamlarni 
kengroq tanlash imkoniyati bilan ta’minlash jarayonidir. Bunday tanlov cheksiz 
bo‘lishi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi prinsipial axamiyatga egadir. 
Rivojlanishning barcha darajalarida uzoq va sog‘lom hayot kechirish, bilim egallash 
va munosib turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan resurslardan foydalanish insonni 
rivojlantirish imkoniyatlarining asosiy moxiyatidir. Agar insonda bunday asosiy 
tanlov bo‘lmasa, u boshqa imkoniyatlardan ham foydalana olmaydi”.
Mehnat sohasiga doir inson huquqlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
asosiy hujjatlarida qayd etilgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlarining 
umumjahon deklaratsiyasida quyidagilar mustahkamlab qo‘yilgan:
• har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli ish sharoitiga ega 
bo‘lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega;
• har bir inson hech bir kamsitilishlarsiz teng mehnat uchun teng haq olish 
huquqiga ega;
• har bir ishlovchi kishi o‘zi va oilasi uchun insonga munosib yashashishni 
ta’minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olishga, zarur bo‘lganda ijtimoiy 
ta’minotning boshqa vositalari bilan to‘ldiriluvchi daromad olish huquqiga ega;
• har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o‘z manfaatlarini himoya qilish 
uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega;
• har bir inson dam olish va bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, shu jumladan ish kunini 
oqilona cheklash huquqi va haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
1966 yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktdanham mehnat sohasiga 
doir huquqlar o‘rin olgan. Chunonchi, ushbu xalqaro hujjatda:
• har bir kishining adolatli va qulay shart-sharoitga ega bo‘lgan mehnat qilish 
huquqi;
• barcha mehnatkashlarga teng qiymatga ega mehnat uchun hech bir tafovutsiz 
adolatli ish haqi va teng darajada, ayni paytda jumladan ayollarga erkaklarnikidan 
kam bo‘lmagan mehnat sharoitiga kafolat berilishi hamda teng mehnat uchun teng 
haq to‘lanishi;


• ular va ularning oilalari uchun qoniqarli bo‘lgan turmush;
• xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan ish sharoiti;
• mehnat staji va malaka asosidagina ishda yanada yuqoriroq mansablarga 
ko‘tarilish uchun bir xil imkoniyat;
• dam olish, bo‘sh vaqtga imkoniyati bo‘lishi va oqilona cheklangan ish vaqti 
hamda haq to‘lanadigan ta’til, shuningdek bayram kunlari uchun haq;
• har bir kishining o‘z iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirish va 
himoyalash uchun kasaba uyushmalari tashkil etish va o‘z ixtiyori bilan ana shu 
uyushmalarga kirish huquqi ko‘rsatilgan.
Bu o‘rinda agar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi dasturiy hujjat 
hisoblansa, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktni 
ratifikatsiya qilgan davlat o‘z zimmasiga uning qoidalarini ijro etish hamda ularni 
bajarishi to‘g‘risida muntazam ma’ruzalar taqdim etish majburiyatini olishini 
ta’kidlash lozim.
Yuqorida qayd qilingan konsepsiyalar hamda xalqaro hujjatlar qoidalari ish 
kuchiga (xodimga) munosabatni tubdan o‘zgartirgan bo‘lsa ham ijtimoiy-mehnat 
sohasida tobora jiddiylashayotgan muammolarni hal etish uchun yetarli emas edi. 
Chunki, jahodagi ishsizlarning soni 200,0 mln.kishiga yetgandi, ularning 73,0 mln. 
nafari yoshlar edi. Dunyodagi ish bilan band har uch xodimdan bittasi kuniga ishlab 
topayotgan 2 AQSH dollaridan kam mablag‘ hisobiga oilasi bilan kun 
kechirayotgan, ya’ni qashshoqlik darajasidan ham nochorroq yashayotgandi. 

Download 130.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling