16. Jahonda yuqori tezlik magistrallari. Reja


Download 0.6 Mb.
bet5/8
Sana11.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1189061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-ma\'ruza

Italiya YTM lari. Italiyaliklar yuqori tezlikli temir yo‘l harakatining boshlov-chilaridan bo‘lganlar deb aytish mumkin. 1939-yili ETR 200 elektr poyezdi Milan va Bolonya o‘rtasida marshrut tezlik bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatib, shunda maksimal tezlik soatiga 203 km ni tashkil etgan holida, marshrut tezlik 165 km/soat ga teng bo‘ldi.
Italiyadagi birinchi tezyurar poyezdlar butkul alohida liniyasini 1970-yilning yozida qura boshladilar. Bu temir yo‘lning Rim va Florensiya o‘rtasidagi uchastkasi edi. Uni foydalanishga bosqichma-bosqich topshir-dilar. Uning dastlabki bo‘lagi ekspluatatsiyaga 1978-yili, so‘nggisi esa – 1992 yili topshirildi. Bu liniya “Direttissima” deb nom oldi. 1978-yilda dastlabki tezyurar temir yo‘l Rimni Florentsiya bilan ulab (254 km), bu liniyaning maksimal tezligi soatiga 250 km (o‘rtacha 200 km/s), yo‘ldagi vaqti esa — taxminan 90 daqiqani tashkil etdi.
Italiyada Yevropada birinchi marta 1970-yillarda yo‘lovchilarga qulay-lik yaratib, yo‘lning egri uchastkalarida tezlikni pasaytirmaslik imkonini beradigan maxsus nishablik yaratish tizimiga ega bo‘lgan «Pendolino» turkumli poyezdlari yaratildi.
Bugunga kelib Italiya tezyurar temir yo‘llar ikki asosiy temir yo‘l yo‘lagidan iborat deb aytish mumkin. Shimoldan janubga qarata davom etgan, Turin va Salernoni ulagan birinchisi, Milan, Bolonya, Florensiya, Rim va Neapol shaharlarini o‘zaro ulagan bo‘lsa, ko‘proq qurilish jarayonidagi ikkinchisi Turinni Venetsiya bilan Milan, Breshia, Verona va Paduyani shaharlari orqali ulashi mo‘ljallangan.
Ajratilgan, alohida tezyurar, yuqori tezlikli uchastkalarda soatiga 300 km lik tezlik cheklovi amal qiladi. Biroq soatiga faqat 250 km gacha tezlik harakatlanish bilan ruxsat etilgan Rim – Florentsiya va Neapol – Salerno uchastkalari bundan mustasno.
Italiyada alohida tezyurar, yuqori tezlikli uchastkalarning umumiy uzunligi hozirda 959 km ni tashkil etadi. Bu jihatdan italiyaliklarni yetakchi deb bo‘lmaydi. Bu borada dunyo bo‘yicha xitoyliklar, Yevropada esa ispanlar ilg‘or.
Frecciargento poyezdlari ham oddiy, ham ajratilgan temir yo‘llar bo‘ylab harakatlanib, tarkibning tezligi soatiga 250 km gacha etadi va ular poytaxt Rimni butun mamlakatning ko‘pgina shaharlari bilan bog‘laydi. Frecciargento ning asosiy yo‘nalishlari – Venetsiya, Verona, Bari va Redjio Kalabriya kabi. Rim – Trento – Bolcano liniyasida ham bir kunda ikki juft Frecciargento poyezdlari qatnab turadi

16.4-rasm. Tezyurar Milan - Bolonya temir yo‘li, ETR 500 «Frecciarossa» elektr poyezdi.
Frecciabianca poyezdlari oddiy temir yo‘l liniyalari bo‘ylab Milan va Venetsiya shaharlari, Bolonya, Udine, Triest va Rim orasida soatiga 200 km gacha tezlik bilan qatnaydi. Bundan tashqari, Frecciabianca poyezdlari Adriatika Rivyerasi shaharlarini o‘zaro bog‘lab turadi.
Italiyaning tashish ishlari bilan shug‘ullanadigan Trenitalia kompaniya-si 2015-yilda Bombardier tomonidan yaratilgan kelajak poyezdini taqdim etdi. Bugunga kelib bu 400 km soatga qadar tezlik bilan harakatlanishga qodir bo‘lgan Yevropadagi eng tez poyezd bo‘lib qolmoqda. Hozircha bu kabi tarkiblar 300 km/s tezlikda qatnashi mo‘ljallanmoqda. Ishlab chiqaruvchining ma`lum qilishicha, poyezd konstruksiyasi yo‘lning egri uchastkalari bo‘ylab harakatlanish uchun moslab ishlangan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling