16. Jahonda yuqori tezlik magistrallari. Reja
Download 0.6 Mb.
|
2-ma\'ruza
Rossiya YTM lari. 2009 yilda Rossiya ham tezyurar magistraliga ega bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Milliy yuqori tezlikli harakatlanish tizimi – Rossiya temir yo‘llarining uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik loyihasi. Uning ro‘yobga chiqarilishi masofalarni qisqartirib, shaharlarni o‘zaro “yaqinlashtirish” Rossiya aholisining mobilligini oshirish imkonini beradi. Rossiya temir yo‘l kompaniyasi “RJD” xoldingini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ro‘yobga chiqarish jarayonida, 2015 yili “Rossiya Federatsiyasida tezyurar va yuqori tezlikli temir yo‘l qatnovini tashkil etish dasturi” dolzarb deb topilib tasdiqlangan, uning asosidan davlat dasturiy hujjatlari, shu jumladan Rossiya Federatsiyasini 2030 yilga qadar uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi, Rossiya Federatsiyasining 2030-yilga qadar muddatga Transport strategiyasi, Temir yo‘l transportining 2030-yilga qadar rivojlanish strategiyasi o‘rin oldi.
Dasturning bosh maqsadi – iqtisodiy o‘sish sur`atlarini tezlashtirish va yo‘lovchilar uchun optimal darajadagi tezlik va xavfsizlik, qulay va yo‘l kira haqining optimal darajasini ta`minlaydigan tezyurar va yuqori tezlikli temir yo‘l tarmog‘ini yaratish hisobiga Rossiya aholisi turmush darajasini oshirish. Dastur doirasida tezyurar va katta tezlikdagi magistrallarni tashkil qilish bo‘yicha 20 ta loyihani ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, bu, o‘z navbatida 50 tadan ortiq tezyurar marshrutlar tashkil etish imkonini berib, ular bo‘ylab bir yilda kamida 84 millionta safar uyushtirilib, poyezd-lar soatiga 160 km dan katta tezliklarda harakatlanadigan liniyalarning umumiy uzunligi esa 11 ming km dan oshib ketadi. Bugungi kunda ishlab turgan «Sapsan» poyezdi harakatlanadigan Moskva-Peterburg trassasini shartli ravishda tezyurar trassa deb e`tirof etish lozim, chunki u sho‘rolar davridan qolgan yo‘l xo‘jaligining qisman yangilangan, modernizatsiyalangan merosi bo‘lib keladi. Shunga bog‘liq ravishda, nemis kompaniyasi tomonidan tayyorlangan, 350 km tezlikda qatnay oladigan Siemens poyezdi faqat bitta uchastkadagina soatiga 250 km tezlikda harakatlanadi. Harakatning o‘rtacha tezligi esa – 140 km/s. Ikki poytaxtning biridan ikkinchisiga yetib olish uchun ketadigan minimal vaqt 3 soat 45 daqiqaga teng. 16.5-rasm. Moskva – Sankt-Peterburg liniyasidagi tezyurar “Sapsan” poyezdi. 2010-yilning yozida Moskva – Nijniy Novgorod marshruti bo‘ylab “Sapsan” poyezdida yuqori tezlikli qatnov yo‘lga qo‘yildi (yo‘ldagi minimal vaqti 3 soat 55 daqiqa). 2010-yilning 12-dekabrida esa Sankt-Peterburg — Xelsinki marshrutida “Allegro” poyezdining tezyurar harakati ochildi. Shu kunga qadar Rossiyada yuqori tezlikli poyezdlardan foydalanish ishlab turgan temir yo‘l liniyalarida yo‘lga qo‘yilib keldi. O‘tgan davr mobaynida buning bir qator jiddiy kamchiliklari mavjudligi ham aniqlandi: yuqori tezlikli poyezd o‘tganidan so‘ng yo‘ldagi chayqalmalar (viplesk), shahar atrofida va uzoq yo‘lga qatnaydigan poyezdlarni o‘tkazib yuborish imkoni yo‘qligi, ta`mirlash maqsadida katta mablag‘ sarflanishi va h.k. Shu sababli ajratilgan alohida liniyalar qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Rossiyada Moskva – Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi dastlabki ajratilgan (alohida) yuqori, soatiga 400 km gacha tezlikli temir yo‘l loyihasini ro‘yobga chiqarishda asosiy e`tibor texnika va materiallarni Rossiya Federatsiyasi hududining o‘zida ishlab chiqarishga qaratilgan. Bugungi kunlarda Rossiyada ana shu kabi magistrallarni qurish va ulardan foydalanish uchun me`yoriy bazani shakllantirish ishlari olib borilmoqda. Mamlakatda 400 km gacha va undan katta tezliklarda harakatni uyushtirish bo‘yicha hozircha tajriba yo‘qligi sababli loyihani amalga oshirishda jahondagi bu soha yutuqlari hisobga olinib, eng zamonaviy texnologiya-lardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling