16. Jahonda yuqori tezlik magistrallari. Reja
Download 0.6 Mb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaponiya YTM lari.
16. JAHONDA YUQORI TEZLIK MAGISTRALLARI. Reja: 16.1. Yaponiya YTM lari 16.2. Xitoy YTM lari 16.3. Ispaniya YTM lari 16.4. Nazorat savollari 16.1. Yaponiya YTM lari Yuqori tezlikdagi magistrallarni rivojlantirish g‘oyasi XXI-asrda butun olamni egallab oldi. Katta tezlikda harakatlanuvchi qatnovni tashkil etish yordamida aholi mobilligini oshirish ahamiyatini birinchi bo‘lib Yaponiyada anglab etdilar. Tez orada jarayonga Yevropa mamlakatlari ham qo‘shildilar. Bugunga kelib tezyurar (yuqori tezlikdagi) magistrallarning naqadar muhimligi to‘g‘risida AQSh, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarda ham o‘ylanib qoldilar. Bunda har bir mamlakat o‘z yo‘lidan bormoqda: ba`zilar tezlikni oshirishga e`tibor qaratsalar, boshqalari infratuzilmani kengaytirish bilan mashg‘ullar. Yuqori tezlikdagi poyezdlarning muntazam qatnovi birinchi bor 1964-yili Yaponiyada, 1980-yildan Fransiyada, 1984-yildan Italiyada yo‘lga qo‘yildi. Ana shu mamlakatlar bilan birga Germaniya va Ispaniyada yuqori tezlikdagi harakatlanish milliy tizimlari mahalliy tezyurar harakatlanuvchi tarkibga asoslangan bo‘lsa, qator boshqa mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekistonda ham, xorijda ishlab chiqarilgan poyezdlardan foydalaniladi. Relsda harakatlanadigan poyezdlar uchun tezlik bo‘yicha jahon rekordi - 574,8 km/s – 2007-yilning 3-aprelida Fransiyaning TGV POS poyezdi tomonidan o‘rnatildi. XXI-asr boshida Xitoy tezyurar (yuqori tezlikdagi) liniyalar tarmoqlari orasida jahonda yetakchi o‘ringa chiqib, shu bilan birga dastlabki muntazam qatnaydigan tezyurar “Maglev” (magnit “yostig‘idagi” poyezdlar) foydalanuvchisiga ham aylandi. Quyida Yaponiya, Xitoy, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, O‘zbekiston va AQSh temir yo‘llarida tezyurar va katta tezlikdagi harakatni tashkil etish bo‘yicha ma`lumotlar berilgan. 16.1-jadval. Yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyalari
Yaponiya YTM lari. Birinchi bo‘lib tezyurar harakatni tatbiq etish bilan birga o‘z temir yo‘llarini rekonstruksiya qilish muammosini hal qilishga yaponiyaliklar kirishdilar. Bu o‘tgan asrning 50-yillar oxirida ro‘y berib, 1964 yilgi Tokio olimpiadasi arafasida o‘tkazilgan zarur chora-tadbirlardan biri edi. Bu harakatlar, birinchi navbatda, Yaponiya temir yo‘llari texnik jihatdan qoloqligi bilan bog‘liq edi. Temir yo‘l izi eni 1067 mm ni tashkil etib (Yevropada – 1435 mm, MDH mamlakatlarida - 1520 mm), yo‘llar esa ancha ishdan chiqqan, lokomotivlar parki eskirgan edi. O‘ta qisqa muddat, ya’ni besh yarim yil ichida yaponiyaliklar Tokio va Osakani bir-biri bilan bog‘lagan keng temir yo‘l izi, uzunligi 552 kilometr bo‘lgan tezyurar “Sinkansen” liniyasini qurdilar (16.1-rasm). Dastlabki Tokio — Osaka YTM liniyasi yaratilishi bilan tezyurar temir yo‘l transportining boshlang‘ich sxemasi tubdan o‘zgardi: tezyurar magistrallar bugungi ko‘rinishda, ko‘pchilik temir yo‘llardan farqli ravishda, bu yo‘lovchilarni qat’iy belgilangan yo‘laklar bo‘ylab ommaviy tashish uchun mo‘ljallangan, tor ixtisoslashgan magistrallar hisoblanadi. 16.1-rasm. Yaponiyadgi “Sinkansen” tezyurar liniyasi Bu yerda dunyoda birinchi marta relslarni ulamasiz yotqizish texnologiyasi qo‘llandi: ular kilometrli uzluksiz izlarga payvandlanib, shunday ko‘rinishda yotqizish joyiga yetkaziladi. Dunyodagi birinchi Tokio — Osaka tezyurar magistralida 53,3 kg/pog. m dan iborat relslardan tashkil topgan, temirbeton shpalali va yer polot-nosidagi ulamasiz yo‘l yotqizildi (keyinroq 60 kg/pog.m bo‘lgan relslarga almashtirildi). Katta tezliklarda an`anaviy konstruksiyali yo‘lni saqlashga ketadigan katta xarajatlar yaponiyalik mutaxassislarning qaroriga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi – ular ballast prizmasi o‘rniga qattiq asos qo‘llab, yangi tezyurar liniyalarda yer polotnosidan butkul voz kechishga qaror qildilar. Yaponiyaning yangi katta tezlik magistrallarida sun’iy inshootli uchastkalar ulushi 100% yaqinlashgani ham bu qarorga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Tabiiyki, katta tezlikdagi magistrallarda o‘tish joylari bo‘lmay, bu maqsadda yuzdan ortiq ko‘prik va tonnellar qurishga to‘g‘ri keldi. “Sinkan-sen” da butkul yangicha poyezd turi ishlatilib, u jurnalistlarning iborasi bi-lan aytganda “poyezd-o‘q” deb nom oldi. Poyezdda lokomotivning o‘zi yo‘q, ya’ni dvigatel har bir g‘ildirak o‘qida o‘rnatilgan bo‘lib, bu uning quvvatini ancha ko‘paytirish imkonini beradi. Bugungi kunda liniyalarning umumiy uzunligi 2 ming km dan ko‘p. Maksimal harakatlanish tezligi - 300 km/s. Yaponiyada ishlatiladigan magnit osmasidagi JR-Maglev poyezdlarini (“Maglev”, 16.2-rasm), ular polotno ustida 8-10 sm balandlikda muallaq harakatlanishiga qaramay, shartli ravishda temir yo‘l transporti qatoriga kiritish mumkin. 16.2-rasm. Magnit osmasidagi, katta tezlikda harakatlanuvchi JR-Maglev poyezdi Bu transport turi ustidagi ishlar Yaponiya temir yo‘l texnikasining tadqiqotchilik instituti (Japan Railway Technical Research Institute) Japan Railways operatori bilan birgalikda, 1970-yillardan boshlab olib borilgan. Hozirga kelib Yamanasi prefekturasida sinov uchastkasi qurilgan bo‘lib, unda 2015-yilning 21-aprelida Sinkansen L0 modifikatsiyali tajriba tarkibi temir yo‘l transporti uchun mutlaq tezlik rekordini o‘rnatdi — 603 km/s. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling