16. Jahonda yuqori tezlik magistrallari. Reja


Download 0.6 Mb.
bet4/8
Sana11.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1189061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-ma\'ruza

Xitoy YTM lari. Xitoy jahonda eng katta tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘llar tarmog‘iga ega bo‘lib, uning umumiy uzunligi Yaponiya va Yevropaning birgalikdagi tezyurar temir yo‘llar tarmog‘idan ham katta.
Xitoyning tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘llari quyidagilarni o‘z ichiga olgan: modernizatsiyalangan oddiy temir yo‘l liniyalari, yuqori tez-likda harakatlanadigan poyezdlar uchun maxsus qurilgan yangi liniyalar, shuningdek jahonda birinchi bo‘lib magnit “yostig‘idagi” poyezdlar hara-kati uchun qurilgan tijorat liniyalari. Xitoydagi shu kabi liniyalarning umu-miy uzunligi 2016-yilga kelib taxminan 20 ming km ni tashkil etadi. Ularning rivojlanish dinamikasi insonni lol qoldiradi: bor-yo‘g‘i 20 yil avval Xitoy temir yo‘llari tarmog‘idagi maksimal tezlik soatiga 48 km dan ko‘p bo‘lmay, bu hol ushbu tashish turini avtomobil yordamida va samolyotda tashishlar raqobati oldida umuman ilojsiz qilib qo‘ygan edi. Ishga jadallik bilan kirishildi: tonnel va ko‘priklar faol qurilisha boshlanib, yangi zamo-naviy relslar yotqizildi, eski temir yo‘llar elektrlashtirildi. Natijada soatiga 160 km li tezlik ko‘rsatkichlariga erishildi. 1998-yili Shvetsiya texnolo-giyalaridan foydalanish natijasida Guanchjou – Shen`chjen` uchastkasidagi poyezdlar tezligi soatiga 200 km ga etdi. 2007-yildan boshlab esa Xitoy magistrallarida poyezdlar soatiga 250 km tezlikni ham zabt etdilar.
Xitoyda texnologiya jihatidan tezyurar temir yo‘l qatnovini tashkil etish Bombardye, Alstom va Kavasaki kabi nom qozongan xorijiy ishlab chiqaruvchilardan bitimlar asosida texnologiya o‘zlashtirish hisobiga ro‘y beradi. Xorijiy texnologiyalarni olar ekan, Xitoy ular asosida o‘z ishlanmalarini yaratishga intiladi. Bunga misol tariqasida Xitoyda ishlab chiqarilgan, soatiga 350 tezlikka erishadigan hamda 2010 yildan beri foydalanishda bo‘lgan CRH-380A turkumli poyezdlarni keltirish mumkin (16.3-rasm). Ana shu poyezdda Xitoy tezyurar (yuqori tezlikdagi) temir yo‘llari uchun rekord o‘rnatilgan – taxminan 500 km/s.
Tezyurar temir yo‘l qatnovi shuningdek Xitoydan tashqariga chiqishi nazarda tutilmoqda. 2015-yilning yanvarida Mo‘g‘uliston va Qozog‘iston orqali o‘tib, Rossiyaning markaziy qismiga yetib keladigan istiqbolli Pekin – Moskva tezyurar magistrali qurilishi ma`lum qilindi.



16.3-rasm. Katta tezlikda harakatlanuvchi CRH-380A elektr poyezdi

Uning marshruti o‘z ichiga Xitoy ishtirokida amalga oshirilayotgan (uning texnologiyalari va mashinasozlik mahsulotlari asosida) Moskva — Qozon – Yekaterinburg yuqori tezlikdagi magistralini olgan. Liniya Ulan-Bator, Irkutsk, Astana shaharlari orqali o‘tadi. Uning uzunligi 7 ming kilo-metrga teng bo‘lib, poyezdning yo‘ldagi vaqti taxminan 30 soat, tiklanish qiymati esa 240 mlrd. AQSh dollaridan ortiq va ilk marotaba bu liniya ham yo‘lovchi, ham yuk konteyner poyezdlari qatnovi uchun mo‘ljallangan.


2002-yildan Xitoyda Shanxayni s Padun aeroporti bilan ulab turgan 30-kilometrli tezyurar liniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu temir yo‘lda mono-rels qo‘llangan va uning ustida tezlashish olgan poyezd 1,5 sm balandlikda muallaq, ya`ni relsga tegmagan holda harakatlanadi. Germaniyaning Transrapid kompaniyasi (Siemens AG va ThyssenKrupp “farzandi”) tomonidan qurilgan Shanxay “Maglevi” ning tezligi soatiga 450 km.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling