16. Jahonda yuqori tezlik magistrallari. Reja


Download 0.6 Mb.
bet7/8
Sana11.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1189061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-ma\'ruza

O‘zbekiston YTM lari. O‘zbekistonning ikki eng yirik shahrini bir-biri bilan birlashtirgan Toshkent-Samarqand tezyurar temir yo‘lining uzunligi 344 kilometrga teng. Yo‘l respublikaning to‘rtta: Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari orqali o‘tgan. Liniyaga «Afrosiyob» poyezdi (16.6-rasm) xizmat ko‘rsatib, u har kuni 250 km/s gacha maksimal tezlik bilan qatnaydi va Samarqandga bo‘lgan masofani ikki soat ichida bosib o‘tadi.
Loyiha ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning “Boshtransloyiha” va “Toshtemiryo‘lloyiha” institutlari tomonidan bajarildi. Liniyani qurish 2011-yilning 11-martida boshlanib, 5 oy muddatda tugallandi.
Liniya o‘z ichiga yangi, shu bilan birga rekonstruksiya qilingan temir yo‘llarni ham olgan bo‘lib, yo‘l butun marshrut davomida qo‘shimcha ravishda Toshkentdan to Samarqandga qadar zamonaviy signal tizimi bilan jihozlandi.
O‘zbekistonda tezyurar va yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlari harakati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud:

  • Toshkent – Samarqand;

  • Toshkent – Qarshi;

  • Toshkent – Buxoro;

  • Samarqand – Buxoro;

  • Samarqand-Qarshi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘lovchi poyezdlari tezyurar va katta tezlikdagi poyezdlar harakatini butun O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l-lari tarmog‘iga tatbiq etish siyosatini olib bormoqda. Yevropaning nufuzli nashrlaridan biri - GoEuro ning “Global High-Speed Train Ranking” rey-tingi ma`lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston temir yo‘l transportining rivoj-lanish darajasiga ko‘ra bugungi kunda jahonda 17-o‘rinni egallab, AQSh va qator Yevropa mamlakatlarini ortda qoldirgan.
Reytingni tuzishda poyezdlarning rekord tezligi, operatsion tezlik, te-mir yo‘l liniyasining qamrovi, aholi qamrab olinganligi va yo‘lovchi-larning 1 km yo‘lga qiladigan sarfi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olindi. Ush-bu ko‘rsatkichlarning maksimal qiymatlari nisbati bo‘yicha Osiyo mam-lakatlari yetakchi o‘rinlarni egalladilar: Yaponiya, Koreya Respublikasi va Xitoy. Bunda ana shu uch mamlakatdan har biri muayyan ko‘rsatkich bo‘-yicha boshqalaridan ustun ekanligini namoyish etgan. Rekord tezlikka (603 km/s) Yaponida erishilgan bo‘lsa, aholining keng ko‘lamda qamrab oli-nishi (44,67%) Koreyada qayd etilgan, Xitoy esa bir yo‘la ikki ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakatda poyezdlar eng yuqori tezlik bilan harakatlanib (350 km/s), yuqori tezlikli magistrallar mamlakat umumiy temir yo‘llari uzunligiga nisbatan 29,22% ni tashkil etgan.
O‘zbekistonda poyezdlarning rekord tezligi soatiga 255 km ni, operat-sion tezligi esa – soatiga 230-250 km ni tashkil qiladi. Mamlakat temir yo‘l infratuzilmasida tezyurar harakat 8,21 foizni egallagan. Bunday poyezdlar xizmatidan mamlakat aholisining 9,01 foizi foydalanish imkoniga ega.



16.6-rasm. “Afrosiyob” tezyurar elektr poyezdi

O‘zbekiston reytingda Norvegiya, AQSh va Finlyandiya kabi mamlakatlarni ortda qoldirdi.


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining asosiy magistral temir yo‘l liniyalarida tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarni joriy etish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ taraqqiyotining ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling