16. Jahonda yuqori tezlik magistrallari. Reja


Download 0.6 Mb.
bet2/8
Sana11.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1189061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-ma\'ruza

Ispaniya YTM lari. Uzunligi 471 km ga teng bo‘lgan Madrid – Sevilya dastlabki tezyurar magistrali 1992-yili foydalanishga topshirilgan. 2004-yilning oktyabr oyida Madrid – Barselona YTM yangi liniyasi-ning 470 km uzunlikdagi birinchi, Leridaga qadar davom etgan uchastkasi ishga tushirildi.
Hozirga kelib, Ispaniyada dunyoning istalgan mamlakatiga nisbatan ko‘proq yuqori tezlik magistrallar (umumiy uzunligi 870 km) qurilmoqda. Bu maxsus yo‘l bo‘ylab soatiga 300 km gacha tezlik bilan harakatlanuvchi tezyurar temir yo‘l tizimidir. Tezyurar magistrallarning Yevropadagi eng uzun tarmog‘iga ega bo‘lgan Ispaniya (3100 km) ularni qurish sur`atlari bo‘yicha ham yetakchi bo‘lib olgan.
Tezyurar magistrallarni qurish maqsadlaridan biri Ispaniya temir yo‘llarini umumyevropa tarmog‘i tarkibiga uyg‘un ravishda kiritishdan iborat. Bu yerda so‘z birinchi navbatda Madridni Fransiya bilan o‘zaro bog‘lash haqida bormoqda. Bir vaqtning o‘zida Madrid – Valensiya yo‘lagini taraqqiy ettirish ham ko‘rib chiqilmoqda.
“Talgo-250’ va “Talgo-350” zamonaviy poyezdlari (16.3-rasm) mos ravishda soatiga 250 va 350 km gacha tezliklarga erisha oladilar. Bu poyezd-lar shuningdek Germaniya, Finlyandiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham ishlatib kelinmoqda.
AVE Seriya 102 (yoki Talgo 350) elektropoyezdlari Ispaniyaning Tal-go firmasi tomonidan, Kanadaning Bombardier kompaniyasi bilan birga-likda, “Talgo” standart poyezdlari asosida Yevropa koleyalaridan soatiga maksimal 350 km tezlik bilan harakatlanish uchun yaratilib, ular asosan Madrid – Barselona yuqori tezlikdagi magistraliga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan. Ispaniya yuqori tezlikdagi magistrallarida Tal`go turidagi poyezd va-gonlari ularga turli koleya eniga ega temir yo‘llardan harakatlanish imko-nini beradigan g‘ildirak juftliklari bilan jihozlangan (masalan, 1668/1520/1435 mm).
Ispaniya hukumati 2003-yildan boshlab ham tezyurar, ham oddiy temir yo‘lga qo‘shayotgan davlat investitsiyalari hajmini ancha oshirdi. Temir yo‘l transportga kiritilayotgan mablag‘lar avtomagistrallarga qo‘shilayot-gan investitsiyalarga nisbatan ancha ko‘p bo‘lib, yiliga kamida 4 mlrd. yevroga teng. 2020-yilga borib Madridni tezyurar magistrallar yordamida barcha provintsiya markazlari bilan ulash rejalashtirilgan.
AVE – Alta Velocidad Española (“Ispaniya tezyurar poyezdi”) tezyurar poyezdlar temir yo‘l tizimi Ispaniyada maxsus polotno bo‘ylab soatiga 350 km gacha tezliklarda ishlaydi. Ispaniyaning koleyasi eni 1668 mm (Iberiya koleyasi) bo‘lgan qolgan temir yo‘llaridan farqli ravishda AVE 1435 mm li Yevropa standart koleyasida ishlanib, bu uni mamlakatdan tashqaridagi yuqori tezlikli tizimlar bilan bog‘lash imkonini beradi.

16.3-rasm. Ispaniyaning AVE 102 (Talgo 350) yuqori tezlikli elektr poyezdi

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling