Mongoliya pazandachiligi Maxmudov shodiyor


Download 0.6 Mb.
bet1/4
Sana25.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1120979
  1   2   3   4
Bog'liq
horij moldoviya(1)

Mongoliya pazandachiligi

Maxmudov shodiyor

Mongoliya haqida ma’lumot

  • Mongoliya (Mongol Uls) yoki Moʻgʻuliston — Sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakat. Maydoni 1565 ming km². Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti — Ulan-Bator shahri Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet shaharlari mustakil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.
  • M. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan va 12-fevralda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (1997-yildan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk davlat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga binoan, prezident bilan kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar mahkamasi boshligʻining nomzodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi.

Mongoliya davlat bayrog’i

Mongoliya tabiati

  • M. hududi aksari qismining balandligi 1000–2000 m. Yirik togʻ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (balandligi 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Togʻ tepalari, asosan, yasen. Janubiy va janubi-sharqida Gobi choʻlining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad koʻtargan. Shimoliy va shimoli-gʻarbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi Shimoli-sharq, janubiy va janubi-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Koʻllar soyligi va Gobi choʻlida 30 ming km² yer kum bilan qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shimoliy qismi kaledon, janubiy qismi gersin burmalariga ajralgan.
  • Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —35° (eng past temperatura —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18—26° (eng yuqori temperatura 40°). Yillik yogʻin 100–300 mm, togʻaarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda toʻlib oqadi. Yirik koʻllari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. M. hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qoʻngʻir, togʻlarda qora, vodiylarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarning 2 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakatning shimoliy va Shimoli-sharqi dasht, janubiy va janubi-sharqi chala choʻl va choʻldan iborat. Chala choʻlda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% oʻrmon. Togʻ yon bagʻirlarida tilogʻoch, kedr, qaragʻay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qoʻshoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, boʻri, tulki va h.k. bor. Baʼzi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayigʻi) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Oʻla qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
  • Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shimolda buryatlar, shimoli-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling