16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


Cho‘kkan  odamga  birinchi  yordam  ko‘rsatish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
4-maruza

Cho‘kkan  odamga  birinchi  yordam  ko‘rsatish. Jabrlanuvchini suvdan chiqarib  

10.31-rasm. Jabrlanuvchini qutqarish

olgach,  uni  qattiq  joyga  yotqizib  yuqori  nafas  yo‗llarini  tozalash,  nafas  olayotgan-

olmayotganini 5 sekund ichida aniqlash, nafas olmayotgan bo‗lsa, sun‘iy o‗pka ventilyatsiyasini 

amalga  oshirish,  uyqu  arteriyasidan  tomir  urishini  tekshirish,  tomir  urmayotgan  bo‗lsa,  yurak-

o‗pka faoliyatini tiklash choralarini ko‗rish lozim. 

Cho‗kish vaqtida cho‗kuvchi nafas ushlab, suv yuzasiga chiqadi va havo olib, yana suvga 

botadi. Suv ostida 3 minutdan 30 minutga qadar bo‗lgan odamni qaytadan tiriltirish mumkin. Bu 

vaqt  o‗limning  turiga,  suv  haroratiga,  cho‗kish  vaqtidagi  markaziy  nerv  tizimining  holatiga 

bog‗liq bo‗ladi.  

Cho‗kkanlarga  birinchi  tibbiy  yordam  berishga  kirisha  turib,  cho‗kuvchining  hushidan 

ketgan-ketmaganligi, yurak faoliyati va nafas olishini aniqlash kerak. Yordam ko‗rsatish hodisa 

yuz  bergan  joydan  boshlanib,  yo‗lda  davom  ettiriladi.  Kasalni  faqat  terminal  holatdan 

chiqarilgandan keyingina transportirovka qilish mumkin. 

 Agar  cho‗kuvchi  hushidan  ketmagan  bo‗lsa,  tinchlantirib,  ho‗l  kiyimlar  yechiladi  va 

isitilib,  choy,  kofe,  spirt  yoki  valeriana  tindirmasi  beriladi.  Bunday  shaxsni  kasalxonaga 

yotqizish  maqsadga  muvofiqdir.  Cho‗kuvchi  suvdan  hushsiz,  lekin  yurak  faoliyati  va  nafasi 

saqlangan  holda  olib  chiqilsa,  unga  navshadil  spirti  hidlatilib,  badani  isitiladi.  Agar  zarurat 

bo‗lsa,  yurak  va  nafas  faoliyatini  yaxshilovchi  dori-darmonlar  qilinadi  va  eng  yaqin  davolash 

muassasasiga  jo‗natiladi.  O‗lim  holatidagi  cho‗kkanlarning,  avvalo,  nafas  yo‗llari  yot  jismlar, 

suv va shilimshiq moddalardan tozalanib, sun‘iy nafas oldiriladi va yurak massaji o‗tkaziladi.  




Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling