2. Narsa irqitish usuli. Jabrlanuvchidan uncha uzoqda bo‗lmagan holatda qo‗l ostida
maqbul suzadigan buyum bo‗lsa, uni jabrlanuvchi ushlab oladigan qilib irg‗itiladi.
3. Tortib chiqarish usuli. Qo‗l ostidagi buyumni, masalan, eshkak yoki arqonni, uni
suzuvchi vositaga bog‗lab, jabrlanuvchiga tashlanadi yoki uzatiladi. Ayni mahalda turgan joyni
o‗zida mahkam joylashib olib, toki jabrlanuvchini suvdan tortib chiqarilar ekan, tananing
og‗irlik markazi quyida bo‗lishi kerak.
4. Sayoz joyda suvga tushib yordam ko‘rsatish. Agar odam sayoz joyda xalokatga
uchragan bo‗lsa, oyoqni suv tubiga qattiq tirab olib, bir qo‗l bilan bironta ishonchli tayanch
narsani, masalan, bog‗lash qurilmasini ushlab olgan holda, jabrlanuvchiga tayoq uzatiladi. Agar
bunda ancha odam to‗planib qolgan bo‗lsa, jabrlanuvchiga yordam berish uchun ulardan jonli
zanjir hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |