16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


Ezilish sindromida birinchi yordam ko‘rsatish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
4-maruza

Ezilish sindromida birinchi yordam ko‘rsatish: 

1. 


Jabrlanuvchini  bosib  turgan  kuch  ostidan  imkoni  boricha  tezroq 

chiqarib  olishga  harakat  qilish,  lekin  bundan  oldin  bosilgan  joydan  yuqoriga 

albatta bog‗lam qo‗yish kerak; 

2. 


Qattiq qon ketishini to‗xtatiladi; 

3. 


Shokka qarshi chora qo‗llanadi; 

4. 


Singan  bo‗lsa,  tananing  shikastlangan  qismi  immobilizatsiya 

qilinadi; 

5. 

Singan joy mustahkamlangach, bog‗lam yechib olinadi. 



 

16.3. Suvga cho‘kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan insonlarga tibbiy yordam 

ko‘rsatish. 

Nafas  yo‗llariga  suv  g‗ayriixtiyoriy  kirsa,  cho‗kish  xavfi  tug‗iladi.  Bu  hol  ko‗pincha 

o‗smirlarda,  bolalarda  hamda  mast  holdagi  katta  yoshlilarda  sodir  bo‗ladi.  Qurbon  suv  ostiga 

tushib qolsa, nafas to‗xtashi ro‗y beradi, keyin bu hol beixtiyor nafas olishga aylanadi. Baxtsiz 

hodisalarning 15 foizida suv o‗pkaga tushmaydi, biroq jabrlanuvchi bo‗g‗ilib o‗ladi. 



Cho‗kishni  oldini  olish  maqsadida  oila  a‘zolarning  hammasi  suzishni  o‗rganib  olishi 

to‗g‗risida  g‗amxo‗rlik  qilish,  kichkina  bolalar  chuqurligi  10  sm  bo‗lgan  joydagi  suvda  ham 

cho‗kishi mumkinligini hisobga olgan holda ularning qarovsiz cho‗milishiga hech qachon ruxsat 

bermaslik, sho‗ng‗ishdan oldin suvning chuqurligini hamda tubining holatini tekshirish, oqim tez 

joyda  bo‗lmaslikka  va  cho‗milmaslikka  harakat  qilish,  yolg‗iz  cho‗milmaslikka  harakat  qilish, 

daryo  kemalari  qatnovi  qizg‗in  bo‗lgan  joylarda  cho‗milmaslikka  harakat  qilish,  agar  uzoqqa 

suzib borish mo‗ljallangan bo‗lsa, bironta odam qayiqda, qutqarish uchun zarur bo‗lgan barcha 

zarur  narsalarni  olgan  holda,  kuzatib  borishi,  mast  holda  hech  qachon  suvga  tushmaslik  va 

qayiqda  suzmaslik,  katta  bo‗lmagan  qayiqda  bor  bo‗y  bilan  tik  turmaslik,  qayiqda,  ayniqsa 

sovuq  kunlarda  suzayotganda  doim  qutqarish  nimchasini  kiyib  olish,  biron-bir  qutqaruvchi 

vositani tayyor tutish kerak. 

Suzishni  yaxshi  bilmaydigan,  jismoniy  jihatdan  quvvatsiz  yoki  charchagan,  kasal  yoki 

jarohatlangan  odam,  shuningdek  sovuq  suvda  turgan  yoki  tasodifan  suvga  tushib  ketgan  odam 

cho‗kishi mumkin.  

Cho‗kayotgan  odam  ongsiz  va  instinktiv  ravishda  harakat  qilishini  tushunib  olish  kerak. 

Shuning uchun ham, cho‗kayotgan odamga yordam berishga harakat qilinar ekan, hech qachon 

unga darhol yaqin suzib bormaslik kerak.  

Cho‘kish  –  o‗tkir  patologik  holat  bo‗lib,  insonning  tasodifan  yoki  ko‗zlangan  holda 

suyuqlikka  (asosan  suvga)  botishi  natijasida  rivojlanadi  va  bu  atrof  muhit  bilan  gaz 

almashinuvini hamda nafas organlariga havo tushishini qiyinlashtiradi yoki butunlay to‗xtatadi. 

Cho‗kishning terminal holatga o‗tishi suvda sovqotishning oxirgi bosqichida rivojlanadi, bunda 

gaz almashinuvining va yurak faoliyatining hamda muskul harakatlarining buzilishi organizmni 

stupor  holatga  va  hushning  yo‗qotilishiga  olib  keladi.  Asfiksik  va  haqiqiy  cho‗kish  tafovut 

qilinadi.  Asfiksik  cho‗kishda  to‗satdan  kuchli  sovqotish  natijasida  yurak  faoliyati  va  nafas 

olishning reflektor to‗xtashi kuzatiladi. Bunga bog‗liq cho‗kish juda tez sodir bo‗ladi. O‗pkalar 

suv  bilan  to‗lmagan,  teri  qoplamlari  esa  oqish  rangda  bo‗ladi.  Jabrlanuvchini  suvdan  olib 

chiqqandan keyin yuqori nafas yo‗llaridan ko‗piksimon moddalar ajraladi.  

Haqiqiy  cho‗kishda  esa  jabrlanuvchi  asta-sekin  cho‗kadi,  suv  sekinlik  bilan  o‗pkaga 

tushadi,  bemor  ko‗karadi,  ko‗pincha  og‗iz  va  burnidan  pushti  rangdagi  ko‗piksimon 

moddalarning  ajralishi  kuzatiladi.  Yurakning  yopiq  massajini  o‗tkazganda  va  ko‗krak  qafasiga 

bosilganda ko‗pik miqdori nisbatan ko‗payadi. 




Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling