16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Jarohatlanganlarni transportda tashish
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
Jarohatlanganlarni transportda tashish.
Jarohatlangan va kasallarni transportda tashishda asosan yo‗l transporti (avtomobil, temir- yo‗l transporti), havo (samolyot, vertolyotlar), suv (daryo va dengiz transporti), shuningdek sanitar va moslashtirilgan transport vositalari qo‗llaniladi. Jarohatlangan shaxs yoki kasallarni tashish zambilda, qo‗lda, orqada, yelkada hamda qo‗l ostidagi vositalardan foydalanib amalga oshiriladi. Jarohatlanganlar bir kishi yoki bir-necha kishi yordamida tashiladi. Eng maqbul, og‗riq chaqirmaydigan va avaylab tashish usuli zambil yordamida tashishdir. Bemor yoki jarohatlanganlarni tashishda iloji boricha ehtiyot qiladigan sharoit yaratish kerak. Ularni qulay va to‗g‗ri holda yotqizish lozim. Tashish va transportda tashish jarayonida noto‗g‗ri harakat qilish jarohatlangan yoki bemor ahvolining yomonlashuviga, qo‗shimcha jarohatlarning kelib chiqishiga, qon ketishining kuchayishiga, suyak bo‗laklarining joyidan siljishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin. Oyoqlar va bosh suyagining shikastlanishida jarohatlanganlarni chalqancha , umurtqa pog‗onasi suyaklari singanda esa, aksincha, qoringa yotqizish lozim. Agar umurtqa pog‗onasi suyaklari jarohatlangan kishi zambilga chalqancha yotqizilsa, unda, albatta, zambilga yog‗och shit yoki keng taxta qo‗yilishi kerak. Qorin va tos suyaklari shikastlanganda jarohatlanganlar chalqancha yotqizilib, oyoqlar bir oz tashqariga kengaytiriladi, tizza va son bo‗g‗imlari bukiladi. Bunda tizza bo‗g‗imlari tagiga kiyimdan yostiqcha qo‗yiladi. Shikastlanganlarni zambilda va transportda tashishda ularning umumiy holatini, bog‗lam yoki immobilizatsiya shinasining to‗g‗ri qo‗yilganligini ko‗zdan kechirish lozim. Agar jarohatlanganlarni tashish uzoq davom etsa, ularning holatini o‗zgartirish, boshlari tagidagi yostiqchalarni to‗g‗rilab turish kerak. Gorizontal tekis yerda tashishda jarohatlanganlarning oyoq sohasi oldinda bo‗ladi. Agar jarohatlangan hushini yo‗qotgan bo‗lsa, bosh tomoni oldinda bo‗ladi. Chunki bunda uni kuzatib borish imkoni bo‗ladi. Yuqoriga olib chiqilayotganda yoki pastga tushirishda esa uni gorizontal holda ushlash kerak. Yuqoridan pastga tushirilayotganda shikastlanganning oyoq sohasi oldinda, ko‗tarilayotganda esa, aksincha, bosh sohasi oldinda bo‗ladi. Jarohatlangan yoki bemorlarni transport vositasiga joylashtirishda avval zambil yuqori qatorlarga o‗yiladi, keyin esa pastki qatorlarga joylanadi, tushirilayotganda esa, aksincha, avval pastki qatorlardan, so‗ngra esa yuqorigi qatorlardan zambil olinadi. Bosh suyagi, umurtqa pog‗onasi, qorin sohasi jarohatlanganlar hamda og‗ir yaralanganlar pastki qatorlarga joylashtiriladi, chunki yuqoriga nisbatan pastki qatorlarda kamroq chayqalish kuzatiladi.
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling