16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
16.6. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish.
Transport immobilizatsiyasi deganda, jarohatlangan sohani transportirovka qilish vaqtida to‗liq harakatsizlanishni ta‘minlab beradigan vositalar tushuniladi. Har qanday transport immobilizatsiyasi bog‗lamlari quyidagi uch qismdan tashkil topadi: shinalar; shina ostiga qo‗yiladigan qistirmalar; mahkamlovchi bog‗lam. Transport immobilizatsiyasini qo‗llash zaruriyati suyak va bo‗g‗imlar, magistral qon tomirlari va nervlar jarohatlarida, yumshoq to‗qimalarning keng ko‗lamdagi shikastlanishlarida (mexanik, kimyoviy, termik), shuningdek yallig‗lanish kasalliklarida tug‗iladi. Travmatik shok, ikkilamchi qon ketishi va jarohat infeksiyasining profilaktikasida transport immobilizasiyasining ahamiyati beqiyosdir. Inson tanasining jarohatlangan qismini fiksasiyalash og‗riq sezgisini yo‗qotadi yoki uni sezilarli darajada kamaytiradi. Bu shikastlangan joyda hosil bo‗ladigan og‗riq impulslarining markaziy asab tizimiga uzatilishini kamaytiradi. Demak, transport immobilizatsiyasini talablarga javob beradigan darajada bilimdonlik bilan qo‗llash og‗riqni qoldiradi yoki uni sezilarli pasaytiradi, ayni paytda jarohatdan kelib chiqadigan shok xavfini kamaytiradi. Suyaklar singanda qo‗yiladigan transport shinalari suyak siniqlarining harakatini to‗xtatadi va bu bilan qon tomirlarining suyakning o‗tkir qirralari bilan jarohatlanishini va ikkilamchi qon oqishining oldini oladi. Tananing jarohatlangan qismiga transport immobilizatsiyasi qo‗yilishi muskullar qisqarishiga yo‗l qo‗ymaydi, limfa oqimini keskin kamaytiradi va bu bilan yaradagi mikrofloraning atrofdagi to‗qimalarga tarqalishiga to‗sqinlik qiladi, jarohat infeksiyasi rivojlanishining oldini oladi. Qo‗l ostidagi materiallar yordamida transport shinalari va mahkamlovchi bog‗lamlarni qo‗llashda quyidagi tamoyillarga qat‘iy amal qilish kerak: 1) transport immobilizatsiyasi iloji boricha vaqtida amalga oshirilishi kerak; 2) shinalar kiyim va poyafzal ustidan qo‗yiladi; 3) oyoq-qo‗llarga o‗rta fiziologik holat beriladi, masalan, qo‗lga – yelka bo‗g‗imida 300 ga bukilgan va tanadan uzoqlashtirilgan, tarsak bo‗g‗imida 900, barmoqlarning hamma bo‗g‗imlari 450 li burchak ostida buklangan bo‗lishi kerak; 4) oyoq-qo‗llarning har qanday joyi shikastlanganda 2 ta qo‗shni bo‗g‗imni, oyoq va son shikastlanishlarida yelka va tos-son bo‗g‗imlarini shinalash kerak. Transport shinasini qo‗yishdan oldin ularning shakli oyoq-qo‗lning asosiy segmentlari funksional holatiga mos ravishda modullashtiriladi. Ularning ostiga tola dokali qistirgichlar qo‗yiladi. Transport shinalari bo‗lmagan taqdirda qo‗l ostidagi vositalardan: belbog‗, ko‗ylak etaklari, kostumlar yordamida qo‗l o‗rta fiziologik holatda tanaga bint bilan bog‗lab qo‗yiladi. Oyoq shikastlanganda, u sog‗lom oyoqqa bint bilan bog‗lab mahkamlanadi, bint bo‗lmagan taqdirda ro‗molchalar bilan ham bog‗lash mumkin. Transportirovkaning turi va usullari shikastlanishning xususiyati va kasalning holatiga qarab tanlanadi. Kuzatuvchi bir qo‗li bilan bemorning shikastlangan tomonidan panjalarini, ikkinchi qo‗li bilan shu tomondan qo‗ltiq ostidan olib harakatlanishiga yordam beradi yoki shikastlangan kishining qo‗lini o‗z bo‗ynidan o‗tkazib, uning panjalarini qo‗li bilan ushlab oladi, ikkinchi qo‗li bilan shikastlangan kishining belidan ushlab oladi. Agar ikki kishi bo‗lsa, shikastlangan kishini ikki tomonidan ushlab yordam berishi mumkin. Agar shikastlangan kishi mustaqil harakat qilolmasa, u holda uni qo‗lda ko‗tarib yoki zambilda, yoki taxtalarda, yoxud qo‗lda tayyorlangan (improvizion) – chang‗i, kursi, narvon, palto (yenglariga tayoqlar kiydirilib) va boshqa vositalardan foydalanish kerak. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling