16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
4-maruza

   1-guruh.  Ko‗krak  va  qorin  bo‗shlig‗i  og‗ir shikastlanganlar,  behush,  shok,  koma,  

kollaps  holatidagi  bermorlar,  kalla  suyagi  shikastlangan, oyog‗i  va  qo‗li  kesilgan,  ochiq  

suyak  sinishi  bo‗lgan,  kuygan  bemorlar.   

   2-guruh.  Oyoq  yoki  qo‗l  suyaklari  yopiq  singan,  ko‗p  qon  yo‗qotgan,  biroq  qon  

oqishi  to‗xtatilgan bemorlar.     

   3-guruh.  Kam  qon  yo‗qotgan, biroq qon oqishi to‗xtagan, mayda suyaklari singan, lat 

yegan bemorlar. 

Bu  guruhlarning  har  biridagi  kichik  yoshdagi  bolalarni  onasi  yoki  otasi  bilan  birinchi 

navbatda evakuatsiya qilish zarur. 

  Bemorlarni  tashish usullari. 



  Qo‗lda 

  Yelkada 



  Orqada 

  Bir yoki ikki tashuvchi yordamida 



  Birin-ketin 

  Zambil yordamida 



  Tashuvchi ilmoqni aylana, sakkizsimon va tugun shaklida yasab tashish. 

  Bemorlarni  shikastlanish maydonidan olib chiqish: 



  Bemorlarni qo‗tqaruvchi orqasiga opichlab olib chiqadi. 

  Ikkita qo‗tqaruvchini qo‗llari qulf qilingan holda bemor tashiladi. 



  Qutqaruvchilar bemorlarni tasmalar yordamida olib chiqadi. 

  Qutqaruvchilar bemorlarni bir yoki ikkita zambilda tashishadi. 



  Kasallar va shikastlangan odamlarni olib borishda mumkin qadar ko‗proq avaylaydigan 

sharoitlar yaratib olib ketilayotgan odamni hammadan qulay va turli vaziyatda yotqizib qo‗yish 

kerak. Olib borish va tashishda noto‗g‗ri harakat qilinsa, bu ahvolni yomonlashtirib, qo‗shimcha 

shikast  paydo  bo‗lishiga  olib  kelishi,  qon  oqishining  kuchayishiga,  singan  suyakning  o‗rnidan 

siljib qolishiga sabab bo‗lishi mumkin. 

  Jarohatlanganlarni  zambilda  tashishda  jarohatning  turi,  og‗irligi  va  shu  insonning 



umumiy ahvoli hisobga olinadi. 

  Oyoq  shikastlanganda,  jarohatlanganda,  kuyganda,  shuningdek  umurtqa  pog‗onasining 



singanligiga shubha bo‗lganda bemor zambilga chalqancha yotqiziladi va shu holatda tashiladi. 

  Bosh  suyagi  ochiq  singanda,  bosh  miya  jarohatlanganda,  miya  chayqalganda  va  agar 



bemor  xushida  bo‗lsagina,  hamda  shok  belgilari  kuzatilmagan  taqdirdagina  bemor 

chalqanchasiga boshi tanasidan 10-15˚ burchak ostida balandroq ko‗tarilgan holda yotqiziladi. 

 

 Agar  bemor  shok  holatida  bo‗lsa,  yoki  shunday  holatga  tushish  xavfi  bo‗lsa,  u 



holda bemorni chalqanchasiga, oyoqlari boshidan balandroq qilib yotqiziladi. 

 



 Ko‗krak  bo‗shlig‗i  a‘zolari  jarohatlanganda,  o‗tkir  nafas  yetishmovchiligi 

bo‗lganda, yuz, ko‗z, jag‗, bo‗yin va ko‗krak jarohatlarida, qo‗l suyaklari singanda, hamda shu 

jarohatlardan  keyin  shok  alomatlari  kuzatilmagan  taqdirda  bemorni  yarim  o‗tirgan  holda 

transportirovka qilinadi.  

 

Tananing  juda  katta  qismi  kuyganda  bemor  sog‗lom  tomoniga  yotqiziladi  va  shu 



holatdatashiladi. 

  Tos  suyagi  singanda  bemor  chalqancha  yotqiziladi,  oyoqlari  tizzada  bukiladi,  tizza 




orasiga  va  tagiga  bolish  qo‗yiladi,  ikkala  son  va  ikkala  boldir  bir-biriga  ro‗mol  bilan  bog‗lab 

qo‗yiladi va oyoq kafti biron narsaga tiraladi. Bunda bemorning boshi yostiqda bo‗ladi. 

  Umurtqa  pog‗onasi  singan,  jag‗  va  burunning  ochiq  jarohatlari,  shuningdek  qon  ketish 



bo‗lsa, u holda bemor qorin bilan, boshini yon tomonga o‗girib yotqiziladi (nafas yo‗llariga qon 

tushmasligi uchun).(10.37-rasm). 

 


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling