Zaharlanish sabablari: Organizmga tushganda zaharlanishga, kasallikka yoki o‗limga
olib keladigan har kanday modda zahar hisoblanadi. Zaharlanish oqibatlari zaharli modda (yoki
shunchaki modda) turiga, miqdoriga, zaharlanish ro‗y bergan vaqtga, zaharli modda bilan
kontakt qancha vaqt davom etganligiga, jabrlanuvchining fiziologik ko‗rsatkichlari (yoshi,
og‗irligi)ga va organizmga tushish usuliga bog‗liq bo‗ladi.
Zaharli modda inson organizmiga to‗rt xil yo‗l bilan: ovqat hazm qilish yo‗li, nafas
yo‗llari, teri (dermal usul) hamda inyeksiya orqali tushishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |