16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


Teri qoplamasi orqali tushadigan zaharli


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
4-maruza

Teri qoplamasi orqali tushadigan zaharli moddalar ayrim o‗simliklar, erituvchilar hamda 

hasharotlarga qarshi qo‗llaniladigan vositalar tarkibida bo‗lishi mumkin. 

Inyeksiya  orqali  organizmga  zaharli  moddalar,  hasharotlar,  ilon  chaqqanda  hamda 

hayvonlar  tishlaganda,  shuningdek  dori  yoki  giyohvand  moddani  shprits  orqali  yuborganda 

tushishi mumkin. 

Zaharlanishni  oldini  olish:  Zaharlanish  hollarini  oldini  olish  uchun  ayrim  umumiy 

qoidalarga rioya qilinadi: 

- Barcha dorilarni, xo‗jalik vositalarini, zaharli o‗simliklarni va boshqa havfli moddalarni 

bolalarning  qo‗li  yetmaydigan  joyga  yashirib  qo‗yish,  qulflanadigan  shkaflardan  foydalanish, 

barcha xo‗jalik va dori moddalarga havfli narsaga bo‗lgandek munosabatda bo‗lish. 

- Dorini bolalarga berayotganda uni hech mahal konfet demaslik. 

- Barcha mahsulotlarni tegishli nom ostidagi maxsus qutida saqlash. Xo‗jalik buyumlarini 

hech qachon oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklar idishlarida saqlamaslik. 

- Zaharli  moddalar  uchun  mahsus  ramzlardan  foydalanish  va  ular  nimani  bildirishini 



bolalarga tushuntirib qo‗yish. 

- Yaramaydigan yoki muddati o‗tgan mahsulotlarni tashlab yuborish. 

- Havfli  kimyoviy  moddalarni  yaxshi  shamollatiladigan  xonada  hamda  faqat  yo‗riqnoma 

bo‗yicha ishlatish. 

- Kana ko‗p bo‗ladigan joylarda och rang kiyim kiyish, bu kiyimdagi mayda hasharotlarni 

hamda  kanani  darhol  ko‗rish  imkonini  beradi.  Yengi  uzun  ko‗ylak  va  uzun  shim  kiyish, 

shimning pochasini paypoq yoki botinka ichiga kirgizib qo‗yish, ko‗ylakni shim ichiga kirgizib 

qo‗yish kerak.  

- O‗rmon  yoki  dalada  yurganda  so‗qmoq  bo‗ylab  yurishga  harakat  qilish,  butalar  yoki 

baland o‗tlarni chetlab o‗tish kerak. 

- Uyga  qaytgach  tananing  tukli  qismiga  (bo‗yin  orqasiga  va  boshdagi  sochlarga)  e‘tibor 

berish. 


- Xom qo‗ziqorinning mazasini bilishga urinmaslik. 

- Yetilib  o‗tgan,  shilimshiqli,  quruqshagan,  qurt  tushgan  yoki  buzilgan  qo‗ziqorinni 

ovqatga ishlatmaslik. 

- Bankadan olingan, botulizm kasalligi bilan og‗rish havfi bo‗lgan, uy sharoitida germetik 

qilib berkitilgan bankadagi qo‗ziqorinni ovqatga ishlatmaslik lozim. 


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling