Ovqat hazm qilish yo‘li orqali zaharlanish zaharli moddalar og‗iz orqali yoki bu
moddalarning lablarga yohud og‗iz shilliqiga tegishi orqali organizmga tushishi natijasida ro‗y
beradi. Bu moddalar: dori-darmon, yuvish vositalari, pestitsidlar, qo‗ziqorinlar va o‗simliklar
bo‗lishi mumkin. Ko‗p moddalar zaharli hisoblanmaydi va faqat ko‗p miqdorda qabul
qilingandagina zaharlanishga olib keladi.
Gazsimon yoki nafas orqali tushadigan zaharli moddalar nafas olganda organizmga
tushadi. Ularga gazlar va bug‗lar, masalan, avtomobil tutunlari yoki pechning yohud isitish
qurilmasining havoni yomon tortishi natijasida xonaga kiradigan is gazi, azotning chala oksidi
(sarxush qiladigan yoki gangitadigan gaz) hamda ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan xlor, turli
yelimlar, bo‗yoq moddalari, erituvchi-tozalovchi moddalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |