16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
-rasm. Shikastlanganlar maxsus qattiq zambilda yoki oddiy zambilga taxta
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shikastlangan kishini zambilda tashish .
10.37-rasm. Shikastlanganlar maxsus qattiq zambilda yoki oddiy zambilga taxta
qo‘yib, unga yotqizilgan holatda tashiladi
Og‗ir shok va terminal holatdan chiqarilgan, hamda xushiga keltirilgan bemorlar yon boshlatib transportirovka qilinadi. Shikastlangan kishini zambilda tashish. Shikastlangan kishini zambilda tashishda quyidagilarga e‘tibor qilish kerak (10.38-rasm): 1) zambilni dastalaridan ushlab, bir vaqtda yerdan ko‗tariladi va bosh tomoni oldinga qilib harakatlanadi. Yurishda mayday qadamlar bilan, tizzani salgina bukib, bir vaqtda tashlanmagan qadamlar bilan harakat qilinadi; 2) zinapoyadan ko‗tarilishda yoki tepalikka chiqishda shikastlangan kishining boshi oldingi tomonda bo‗lishi kerak. Agar oyoq suyaklari singan bo‗lsa, bundan mustasno, bu holda zambilni gorizontal holatda saqlash kerak; 3) zinapoyadan pastga tushishda (tepalikdan tushishda) shikastlangan kishining oyoqlari oldinda (oyoqlar shikastlangan bo‗lsa bundan mustasno) bo‗lishi kerak. Agar sharoit zambilni bemorga yaqin olib kelishga imkoniyat bermasa, unda bemorni qo‗lda quyidagi usullarni qo‗llab: 1) agar tashuvchi bir kishi bo‗lsa, u quyidagi usullarni qo‗llashi mumkin: yaradorning orqasidan ushlab yordam berishi; qo‗lda ko‗tarib olib borishi; yelkasida yoki orqalab olib borishi; choyshab, plash, palto, palatka, daraxt shoxlari ustiga bemorni joylashtirib chanaga o‗xshab tortib boorish mumkin; 2) agar shikastlangan kishiga yordam beruvchilar ikki kishi bo‗lsa, ular bemorning ikki tomonidan bir tizzasida yerga turib, bir qo‗lini belidan, boshqa qo‗lini chanoq ostidan o‗tkazib ushlab ko‗tarishadi va bir vaqtda tashlanmagan qadamlar bilan kasalni ko‗tarib kerakli joyga olib borishadi. 3) agar bemorning holati yo‗l qo‗ysa, uni o‗tirgan holatda «murakkab qulf» usulini qo‗llab ko‗tarib borish mumkin. Bunda bemor qo‗llari bilan ko‗tarib borayotgan kishilarning bo‗ynidan quchoqlab oladi. Shikastlangan kishini davolash muassasasiga tezlikda yetkazish zarur bo‗lgan holatlarda transportirovka qilish birinchi tibbiy yordamning eng muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Bunda imkoniyat boricha quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: tez va ehtiyotkor tashishni ta‘minlash (qo‗- pollik og‗riq chaqiradi, suyak siniqlari siljishiga vashokka sababchi bo‗lishi mumkin); ko‗tarib borish va tashishni shikastlanishning xususiyati va og‗irligiga mos ravishda bajarish; transportirovka qilishdan oldin jarohatlarni bog‗lash, shinalar qo‗yish, og‗riqsizlantirish, agar sharoit ko‗tarsa, tomirga dori quyuvchi tizimni tayyorlab qo‗yish va shu kabilarni, boshqacha aytganda, bemorni birinchi yordam ko‗rsatishning yakunlovchi bosqichiga tayyorlash kerak. Shikastlangan kishiga nisbatan qo‗llanilgan tiriltirish choralari natijasida nafas va yurak faoliyati tiklangach, qon bosimi me‘yorga kelgach, u transportirovkaga tayyorlangan
hisoblanadi. Agar shu vaqtgacha nafas olishi tiklanmasa, sun‘iy nafas oldirishni transportirovka vaqtida ham davom ettirish lozim.
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling