16 Ma’ruza. Kimyoviy adsorbtsiya. Maruza rejasi


Download 489.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi489.86 Kb.
#1175259
  1   2   3
Bog'liq
КНГСЙТТ маруза-16 (1)



 
16 Ma’ruza. 
Kimyoviy adsorbtsiya. 
Maruza rejasi. 
16.1.Gazlar tarkibidan nordon gazlarni tozalash 
(“SHurtanneftgaz” MChJ misolida). 
16.2. Kimyoviy adsorbtsiya va absorbtsiya. 
16.3. Gazni oltingugurtdan tozalash.
 
16.1.Gazlar tarkibidan nordon gazlarni seolit
yordamida tozalash 
 
 Adsorbtsiya deganda – biz gazlar tarkibidan bir yoki bir necha qo`shimcha komponentlarni 
qattiq yutuvchi ya‘ni, adsorbentlar yordamida tozalash jarayonini tushinamiz. Yutuvchi modda 
adsorbent yutiluvchi moddani adsorbat yoki adsorbtiv deb ataymiz. Adsorbtsiya jarayonini 
mexanizmi absorbtsiya mexanizmidan farqli ularoq, undan suyuq yutuvchi yordamida emas, balki 
qattiq yutuvchilar yordamida amalga oshiriladi. Bu usullarning o`zini qo`llash me‘yorlari mavjud 
bo`lib, qo`llangan yuqori texnik, iqtisodiy samara berishi hisobga olinadi. Adsorbtsiya usuli asosan 
yutiluvchi suyuqliklar kontsentratsiyasi yuqori bo`lmagan holda qo`llaniladi. Agar yutiluvchi 
suyuqlik kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, absorbtsiya usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Adsorbtsiyaning fizik va kimyoviy turlari mavjud bo`lib, fizik adsorbtsiya jarayonida adsorbent 
va adsorbat molekulalari Van – Der – Vaals kuchi ta‘sirida o`zaro tortishish kuchi ta‘sirida amalga 
oshadi 
16.2.Kimyoviy adsorbtsiya. 
 
Kimyoviy adsorbtsiya jarayonida yutuvchi va yutiluvchilar molekulasi kimyoviy 
birikishlar natijasida amalga oshadi.
Adsorbent sifatida g’ovak, qattiq moddalardan foydalaniladi. Adsorbent har xil diametrli 
kapilyar kanalcha – g`ovaklari mavjud. Ular shartli ravishda quyidagicha bo`ladi: 
Makro g`ovak (2*10
-4
mm dan katta), g`ovak (6*10
-6
dan 2*10
-4
mm), mikro g`ovak (2*10
-
6
- 6*10
-6
mm).



Sanoatda yutuvchi sifatida aktiv ko`mir va mineral adsorbentlar (silikogel, seolit va 
boshqalar), shu bilan birgalikda sintetik smolalardan foydalaniladi. “SHurtanneftgaz” USHKsida 
gazlarni tozalashda seolitlardan foydalanilmoqda. 
Gazlarni mexanik qo`shimchalardan tozalash chang ushlagichlarda amalga oshiriladi. Bu 
ajratgichlar asosan gazni, kompressor stantsiyasigacha va gazni taqsimlash stantsiyasigacha kirish 
oldidan o`rnatiladi. Ular tuzilishi bilan farq qilib, xo`l yoki quruq filtrlash printsipi bilan ishlaydilar 
(tsiklon yoki chang ushlagichlar). 
Yuqorida ko`rsatilgan barcha qo`shimchalardan tozalangan gaz hidlantiriladi. 
Hidlantiruvchi modda sifatida etilmerkaptan 
C
2
H
5
SH
ishlatiladi. Hidlantirish jarayoni «barbotash» 
apparatida amalga oshiriladi va 1000 m
3
gazga 16 gr. etilmerkaptan qo`shiladi. Tozalangan tabiiy 
gaz bosh inshootda joylashgan bosh kompressor stansiyasi yordamida magistral gaz quvurga 
haydaladi. 

Download 489.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling