16-Ma’ruza. Simsiz tarmoq xavfsizligi
Download 78.84 Kb.
|
16-maruza
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto kontinent masshtabida foydalanishni ta’minlash bilan ishlanishini ta’minlaydi. Iqtisodiy muloxazalarga tayangan xolda, telekommunikasiya kompaniyalari ko’pgina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati barcha foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanadi, natijada abonent to’lovi unchalik yuqori bo’lmaydi.
Ko’pgina telekommunikasiya kompaniyalarining kooperasiyasi tufayli simsiz global tarmoqlarining ta’sir doirasi chegaralanmagan. Telekommunikasiya xizmatini ta’minlovchilarning biriga to’lab, simsiz global tarmoq orqali dunyoning xar qanday nuqtasidan qator Internet xizmatidan foydalanish mumkin. 16.4-rasm. Suniy yo’ldosh asosida hosil qilingan WAN tarmoq Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil etadi. Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida bo’lganida korporativ ilovalardan foydalanishni ta’minlovchi ilovalardir. Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shaxar bo’yicha sayr qilinayotganlarida ulanishni o’rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanuvchilar xududiy chegaralanmaganlar. Simsiz global tarmoqlar texnologiyasini tatbiq etishdagi muammolardan biri uning bino ichidagi foydalanuvchilar uchun bog’lanishni ta’minlay olmasligi. Chunki bunday tarmoq infratuzilmalari bino tashqarisida joylashgan va radiosignallar binoda aytarlicha susayadi. Simsiz global tarmoqlarni bino ichiga o’rnatilishi esa qimmatga tushadi va texnik nuqtai nazaridan asoslanmagan. Simsiz shaxsiy, lokal, regional va global tarmoqlar bir-birini to’ldiruvchi bo’lib, turli talablarni qondiradi. Ammo, ba’zida bir tarmoqni ikkinchisidan farqlab bo’lmaydi. Masalan, bino ichidagi simsiz lokal tarmoq foydalanuvchi PDAsi bilan shaxsiy kompyuterini simsiz shaxsiy tarmoq kabi ulashni ta’minlashi mumkin. Turli simsiz tarmoqlar orasidagi farqni aniqlashda ularda ishlatiladigan texnologiyalar va standartlardan foydalanishadi. Agar foydalanuvchi nuqtai nazaridan istiqbol xususida so’z yuritilsa, simsiz tarmoqlar orasida chegaraning yo’qolishi shart. Turli xil simsiz tarmoq ishini madadlovchi kompyuter qurilmalari tarmogi interfeysining platalari paydo bo’lmoqda. Masalan, sayyoxda yoki tijoratchida xam simsiz lokal xam simsiz global tarmoq bilan o’zaro aloqa qiluvchi zamonaviy uyali telefon bo’lishi mumkin. Download 78.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling