Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDAsida va uning shaxsiy kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo’lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tutilganda joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi.
16.1-jadval
Simsiz tarmoq usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |