16-Ma’ruza. Simsiz tarmoq xavfsizligi


WI-FI texnologiyasida foydalanilgan kriptografik protokollar


Download 78.84 Kb.
bet8/9
Sana03.12.2023
Hajmi78.84 Kb.
#1799925
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16-maruza

WI-FI texnologiyasida foydalanilgan kriptografik protokollar
Simsiz lokal tarmoqlarda foydlanilgan WI-FI texnologiyasida quyidagi kriptografik protokollardan foydalanilgan:

  • Wired Equivalent Privacy (WEP);

  • Wi-Fi Protected Access (WPA) va uning ikkinchi varianti.

Wired Equivalent Privacy (WEP) xavfsizlik algoritmi IEEE 802.11 simsiz tarmoqlari uchun foydalanilib, IEEE 802.11 standarti 1999 yil sentyabr oyida qabud qilingan bo’lib, simsiz tarmoqlarda (wireless LAN) ma’lumotni butunligini, autentifikasiya va to’liqligini ta’minlashda foydalaniladi.
Ushbu protokolda 10 yoki 26 ta o’n oltilik tizimdagi kalitdan foydalaniladi, va bu kalit dastlab routerni sozlashda foydalinilgan parol bilan bir xil bo’ladi.
Ushbu protokolda quyidagi xavfsizlik amaliyotlaridan foydalanilgan:

  • Autentifikasiyalash;

  • Ma’lumotni butunligini ta’minlash;

  • Ma’lumot maxfiylagini ta’minlash.

WEP da autentifikasiyalash. Ushbu protokolda ikki turdagi autentifikasiyalashdan foydalaniladi.

Birinchi usulda autentifikasiyalash amalga oshirilmay ixtiyoriy foydalanuvchi serverga bog’lanishi mumkin. Ma’lumot WEP kaliti asosida shifrlanadi. foydalanuvchi serverga bog’lanashi uchun kliyent to’g’ri kalitga ega bo’lishi kerak.
Ikkinchi usulda WEP protokolida autentifikasiyalash uchun oddiy savol-javob tizimidan foydalanilgan. Jarayon ketma-ketligi quyidagicha:

  1. Kliyent serverga (boshqaruv nuqtasiga) autentifikasiyalash so’rovini yuboradi.

  2. Server foydalanuvchiga tasodifiy sonni yuboradi (r, 128 bitdan katta bo’lgan) .

  3. Foydalanuvchi ushbu sonni umumiy kalit (boshqaruv nuqtasi paroli) bilan shifrlab yuboradi (eK(r)).

  4. Shifrmatnni ochish natijasiga qarab, autentifikasiyalashdan o’tiladi yoki yo’q.


Download 78.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling