16-Ma’ruza. Simsiz tarmoq xavfsizligi


WI-MAX texnologiyasida foydalanilgan protokollar


Download 78.84 Kb.
bet9/9
Sana03.12.2023
Hajmi78.84 Kb.
#1799925
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16-maruza

WI-MAX texnologiyasida foydalanilgan protokollar
WI-MAX texnologiyasi haqidagi barcha ma’lumotlar Recommendations of the National Institute of Standards and Technology (NIST) universitetining 800-127 nashrida e’lon qilingan. IEEE 802.16 standartida xavfsizlikning ikkita masalasi autentifikasiyalash va maxfiylik ko’rib chiqilgan bo’lib, ushbu texnologiyada xavfsizlik uchta qadamda: autentifikasiyalash, kalitlarni boshqarish va ma’lumotni shifrlash amallari orqali taminlanadi.
Wi-MAX tarmoq arxitekturasi quyidagi beshta tashkil etuvchidan iborat:
Base Station (BS). Asos stansiya deb nomlanib, ikkita istemolchini operatorga ulash uchun xizmat qiladi.
Subscriber Station (SS). Ushbu foydalanuvchi stansiyalari asosan ko’chmas bo’lgan qurilmalarni o’z ichiga oladi.
Mobile Station (MS). Ushbu tashkil etuvchilar asosan harakatlanuvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi (mobil telefonlar, noutbuklar).
Relay Station (RS). Ushbu tashkil etuvchi bir nechta SS stansiyalarni o’z ichiga oladi.
Operator Network. Butun tizimni birlashtirib turuvchi tarmoq. Quyidagi rasmda WI-MAX tizimining xavfsizlik arxitekturasi keltirilgan.

16.8-rasm. WI-MAX xavfsizlik arxitekturasi
GSM simsiz WAN tarmoq protokoli
GSM (Global System for Mobile Communications) standarti European Telecommunications Standards Institute (ETSI) tashkiloti tomonidan raqamli mobil telefonlarning ikkinchi avlodi (second-generation (2G)) uchun ishlab chiqilgan protokoldir. 2016 yilga kelib ushbu standart, mobil aloqa uchun eng ko’p foydalanilgan global standart sanalib, butun dunyo bozorida 90 % ulushni tashkil etib, 219 ta davlat bo’ylab xizmat ko’rsatmoqda.
2G texnologiyasi 1G analog texnologiyaning o’zgarishidan kelib chiqqan bo’lib, hozirda uchunchi avlod (3G) UMTS standarti va to’rtinchi avlod (4G) LTE Advanced standartlari ham amalda foydalanilmoqda.
Umumiy holda GSM arxitekturasi quyidagicha:



16.9-rasm. GSM arxitekturasi
SIM karta o’zida IMSI (International Mobile Subscriber Identity ) raqamini, autentifikasiyalash kalit Ki, foydalanuvchi ma’lumoti va xavfsizlik algoritmlarini saqlaydi.
GSM standartida quyidagi uchta xavfsizlik algoritmlari foydalanilgan:

GSM standartida foydalanuvchi dastlab, identifikasiyadan, autentifikasiyadan o’tkaziladi va so’ngra unga xizmat ko’rsatiladi. GSM autentifikasiyalash mexanizmi oddiy savol-javob tizimi asosida amalga oshiriladi. Foydalanuvchi SIM kartaga ega bo’lish jarayonida mobil tarmoq operatori (HLR) ham ushbu sim kartadagi ma’lumotlarni, Ki, IMSI raqami va h. larni o’zida ko’chirib oladi va o’zida saqlaydi.


Nazorat savollari

  1. Simsiz tarmoq nima?

  2. Qanday simsiz tarmoq turlarini bilasiz?

  3. Simsiz tarmoqlarga bo’luvchi hujumlar haqida gapirib bering.

Download 78.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling