16-Mavzu: Atom orbitallarning gibridlanishi va
Download 0.52 Mb.
|
489 ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gibridlan ish turi Molekulaning geometrik shakli Markaziy atomning joylanishi*
- V.Geytler
3.10-rasm. Metan, suv va ammiak molekulasidagi kimyoviy bog`larning hosil bo`lishi.
Turli molekulalarning geometrik shakli va gibridlanish turi
Valent bog’lanish metodi, elektron orbitallarning gibridlanish haqidagi g’oyalarga asoslanib moddalarning tuzilishi, molekulalarda valent bog’larning yo’nalishi va ko’pgina moddalarning molekulyar geometriyasini izoxlab bera oladi. Ammo ba’zi moddalarning tuzilishini bu nazariya asosida izohlab bermaydi. Ma’lum bo’lishicha ba’zi moddalarda elektron juftlar yordamisiz bog’lanish hosil bo’lishi aniqlandi. Masalan, XIX asrning oxirida Tomson vodorodni elektron oqimi bilan bombardimon qilish natijasida hosil bo’lgan molekulyar vodorod ioni H+2 tarkibida faqat birgina elektron bor. Bu zarrachada yadrolararo masofa 1,06 A0 (0,106 nm), uning bog’lanish energiyasi 256 kJ∙mol-1 va H2+ molekula ancha barqaror zarrachadir. Shuning uchun yadro, ikki yadro bir-biri bilan birgina elektron orqali bog’lana oladi, ya’ni bir elektronli bog’lanish ham mumkin ekan degan xulosaga kelish mumkin. Tekshirishlardan ma’lumki, faqat takibida toq elektron bo’lgan molekulalar magnitga tortiladi. Kislorod qattiq holatda magnitga tortiladi. Vaholanki, kislarodda toq elektronlar yo’q, ammo u magnitga tortiladi. Valent bog’lanishlar metodi kislarodning magnit hossalarini izohlay olmaydi. Vodorod molekulasining hosil bo’lishini kvantlar mexanikasi asosida izohlash uchun V.Geytler va F.London 1927 yilda taklif qilgan va L.Poling rivojlantirgan. Valent bog’lanishlar metodini quyidagi 2 prinsip orqali tushuntirish mumkin: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling