16-Mavzu: Davlat byudjeti


Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi -


Download 1.02 Mb.
bet7/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1586374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
16-mavzu Davlat budjeti PDF (1)

Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi -

  • muayyan byudjet yili uchun tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko‘rsatiladi va, byudjet daromadlari kabi, mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyatga hamda ijtimoiy ustuvorliklar ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.

Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra, byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.

  • Davlat byudjetining joriy xarajatlari markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta’minlash uchun, shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‘laridir.
  • Davlat byudjetining kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari bo‘lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan parpo qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar kiradi.

Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari

  • Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari.
  • Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari.
  • Iqtisodiyot xarajatlari.
  • Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.
  • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari.
  • Sudlarni saqlab turish xarajatlari.
  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari.
  • Zaxira jamg‘armalari.
  • Boshqa xarajatlar.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling