16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Pedagogik innovatsiya va uning oʻziga xosliklari


Download 264.88 Kb.
bet5/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Pedagogik innovatsiya va uning oʻziga xosliklari
S.Turgʻunovning fikricha, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsion salohiyatiga koʻra yangiliklar modernizatsiya, unifikatsiya, faoliyatni takomillashtirish, shaklan oʻzgartirish, rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan ma’lum boʻlgan metodlarning elementlarini yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar; oʻxshashlikka va umumiylikka ega boʻlmagan radikal innovatsiyalar innovatsion jarayonlarning asosi sifatida belgilanishi mumkin.
Innovatsiyalarning xususiyatlariga koʻra ularni turli xil asoslar bilan turlicha tasniflash mumkin, ya’ni bugungi kunda yangilik kiritishning tugallangan tasnifi mavjud emas. Shu bilan birgalikda bizning tadqiqotlarimiz doirasida aniqlangan ma’lumotlarga koʻra, pedagogik jarayonlarni tashkil etishda va samaradorligini ta’minlashda eng avvalo, yangiliklarni pedagogik jarayonlarning qaysi boʻgʻiniga tegishli ekanligini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O.G.Xomeriki oʻquv-tarbiya jarayonining u yoki bu tarkibiy qismi bilan bogʻliqlikda innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib koʻrsatadi:
1) ta’lim mazmuniga doir innovatsiyalar;
2) oʻquv-tarbiya jarayoni metodlari, metodikasi va texnologiyasiga doir innovatsiyalar;
3) oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishga doir innovatsiyalar;
4) ta’lim tizimini boshqarishga doir innovatsiyalar.
M.M.Potashnik va V.S.Lazarevlar ta’limda qoʻllanilish koʻlamiga koʻra innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib koʻrsatishadi:
1) lokal, alohida, oʻzaro bogʻlanmagan xususiy innovatsiyalar;
2) oʻzaro bogʻlangan, xususiy innovatsiyalar majmuini ifoda etuvchi modulli innovatsiyalar;
3) butun ta’lim muassasasini qamrab oluvchi tizimli innovatsiyalar.
Yangilikning oʻzgarish tezligi va yangilik darajasiga koʻra innovatsiyalarning koʻproq detallashtirilgan tasnifini N.Y.Postalyuk quyidagicha taklif etadi:
1. Nulevoy raqamli innovatsiyalar – tizimning dastlabki xususiyatlarini regeneratsiya qilish (an’anaviy ta’lim tizimi yoki uning elementlarini qayta ishlab chiqish);
2. Birinchi raqamli innovatsiyalar tizimda miqdor oʻzgarishlar kiritish bilan tavsiflanadi. Bunda innovatsiyaning dastlabki sifati oʻzgarmaydi;
3. Ikkinchi raqamli innovatsiyalar esa, tizim ichidagi elementlarni qayta guruhlashtirish yoki tashkiliy jihatlarini oʻzgartirish bilan tavsiflanadi (masalan, mavjud pedagogik vositalarning yangi koʻrinishi, ketma-ketligini oʻzgartirish, ulardan foydalanish qoidalari va boshqalar);
4. Uchinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimining yangi shart-sharoitlarga moslashuvchan oʻzgarishini oʻzida ifoda etadi;
5. Toʻrtinchi raqamli innovatsiyalar yangi yechimga ega boʻladi (bular koʻpincha ta’lim tizimining ba’zi tarkibiy qismlari funksiyasini kengaytirishni ta’minlashga qaratilgan sifatli sodda, oʻzgarishlardir);
6. Beshinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimining yangi avlodini yaratishni nazarda tutadi (tizimning barcha yoki koʻpchilik dastlabki xususiyatlarini oʻzgartirish);
7. Oltinchi raqamli innovatsiyalarni amalga oshirish orqali “yangi turdagi” ta’lim tizimi yaratiladi. Bunda tizim hosil qiluvchi tamoyil saqlangan holda, tizimning funktsional xususiyatlari oʻzgaradi;
8. Yettinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimini tubdan oʻzgartirishga qaratilgan. Bunda ta’lim tizimining asosiy funksional tamoyili oʻzgaradi va shu tarzda yangi pedagogik tizim hosil boʻladi.
Pedagogik innovatsiyalarning bunday xilma-xilligi boshqaruv jarayonida ularni aniq mezonlar asosida tanlab olishni taqozo etadi. Pedagogik innovatsiyalarni baholashning umumiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) baholanayotgan yangilikning dolzarbligi;
2) yangilikning ta’lim muassasasi rivojining umumiy gʻoyasiga mosligi;
3) yangilik kiritishning natijaviyligi;
4) gʻoyaning innovatsion salohiyati;
5) gʻoyaning metodik ishlanganligi;
6) yangilik oʻzlashtirilayotgan muassasaning salohiyat darajasi;
7) yangilikka munosabati boʻyicha turli guruhdagi oʻqituvchilarning qiziqishlari darajasi;
8) oʻzlashtirish uchun zarur vaqt;
9) yangi gʻoyani oʻzlashtirish uchun sarflanadigan moliyaviy va moddiy-texnik ta’minot;
10) tashkiliy shart-sharoitlar;
11) me’yoriy-huquqiy ta’minlanganlik;
12) pedagogika nazariyasi va amaliyotining soʻnggi yutuqlariga mosligi.
Pedagogik innovatsiyalarni yuqorida bayon etib oʻtilgan tasniflariga asoslangan holda, Sh.Zufarov tasnifi boʻyicha pedagogika kollejlarida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan pedagogik innovatsiyalarning quyidagi umumlashgan tizimini hosil qilish mumkin:
1. Ishlab chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi bilan bogʻliqlikda innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib koʻrsatish mumkin:
2. Modifitsiyalashgan innovatsiyalar. Masalan, “elektron guruh jurnallari”, “elektron dekanat”;
3. Tuzatish kirituvchi innovatsiyalar. Masalan, “Yangi tahrirdagi reyting Nizomi”;
4. Oʻzgartirish kirituvchi innovatsiyalar. Masalan, “internet-ta’lim”;
5. Integrallashgan innovatsiyalar. Masalan, “shaxsga yoʻnaltirilgan masofaviy ta’lim texnologiyalari”.



Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling