16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Pedagogik innovatsiyalarning guruhlarga boʻlinishi


Download 264.88 Kb.
bet6/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Pedagogik innovatsiyalarning guruhlarga boʻlinishi
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlariga munosabatiga koʻra:
1) ta’lim maqsadi va vazifalari bilan bogʻliq pedagogik innovatsiyalar. Masalan, “identiv oʻquv maqsadlarini oʻquv vazifalariga aylantirish”;
2) ta’lim va tarbiya mazmuni bilan bogʻliq innovatsiyalar. Masalan, “ta’lim mazmunini integratsiyalash va differentsiyalashtirish”, “axborotlashtirish va prognozlash”;
3) ta’limning shakl, metod, vosita va texnologiyalari bilan bogʻliq innovatsiyalar. Masalan, noana’naviy dars shakllari, interfaol metodlar, mulьtimedia vositalari, ta’limning samarali texnologiyalari (modulli ta’lim va madaniy-insonparvarlik yondashuv texnologiyalari);
4) ta’lim olganlikni tashxis etish bilan bogʻliq innovatsiyalar. Masalan, oʻquv portfoliolari.
Ta’lim subyektlarining shaxs shakllanishiga munosabatiga koʻra:
1) pedagog va oʻqituvchilarning ma’lum bir qobiliyatlarini rivojlantirishga doir innovatsiyalar. Masalan, birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatni rivojlantirish;
2) pedagog va oʻquvchilarning BKM, faoliyat usullari, kompetentligini rivojlantirishga doir innovatsiyalar.
Pedagogik qoʻllanilish sohasiga koʻra:
1) oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, ta’limning axborot texnologiyalari;
2) oʻquv kursida qoʻllaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, elektron xarita;
3) ta’lim sohasida qoʻllaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, ta’limni demokratlashtirish;
4) ta’limni boshqarish sohasida qoʻllaniladigan innovatsiyalar. Masalan, ta’limning davlat boshqaruvidan davlat-jamoatchilik boshqaruviga oʻtilishi.
Pedagogik jarayon ishtirokchilarining oʻzaro harakat turiga koʻra:
1) jamoada oʻqitishga doir innovatsiyalar;
2) guruhli oʻqitishga doir innovatsiyalar;
3) tyutorlik;
4) fasilitatorlik;
5)repetitorlik.
Funktsional imkoniyatlariga koʻra:
1) shart-sharoit bilan bogʻliq innovatsiyalar (ta’limiy muhitni oʻzgartirishni ta’minlaydi, ijtimoiy-madaniy shart-sharoit va boshqalar);
2) mahsulot koʻrinishidagi innovatsiyalar (pedagogik vositalar, loyihalar, texnologiyalar).
3) boshqaruvga doir yangiliklar kiritish.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling