16-Mavzu: Iqtisodiy o’sishda urbanizatsiyaning ahamiyati Reja


Download 35.21 Kb.
bet7/10
Sana30.01.2023
Hajmi35.21 Kb.
#1141733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16 mavzu

Qayta taqsimlash. Migratsiyaning ushbu funksiyasi muhojirlarga o‘z hayotiy vazifalarini hal etishga ko‘maklashadi. Odamlar boshqa hududga ko‘chish orqali turmushlarini yaxshilashga intiladi. Migratsiya ushbu ma’noda muhojir aholi turmush darajasini oshirishning integratsiyaviy jarayoni hisoblanadi. Dunyodagi ko‘p mamlakatlarda o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar buni tasdiqlaydi. Muhojirlaming asosiy qismi ko‘chib borgan joyda ko‘proq daromad ishlab topadi. To‘g‘ri, bu ixtiyoriy migratsiyaga taalluqlidir. Majburiy migratsiya boshqa, qoida bo‘yicha, iqtisodiy bo‘lmagan qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Saralash. Migratsiyaning bu funksiyasi mohiyati shundan iboratki, aholi turli ijtimoiy-demografik guruhlarining unda notekis ishtirok etishi turli hududlar aholisining sifat tarkibini o‘zgartirishga olib keladi. Amaliyot erkaklar va mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar migratsiyada mehnatga layoqatli bo‘lmaganlar va ayollarga qaraganda faolroq ishtirok etishidan dalolat beradi. Migratsiya harakatchanligida turli millat vakillarining, shuningdek, boshqa joylardan ko‘chib kelgan tub aholining tafovuti juda katta.
Jadallashtirish. Rossiyalik olima T.I. Zaslavskayaning flkricha, aholining hududiy ko‘chib yurishi odamlaming ruhiy xususiyatlarini o‘zgartirishga, ulaming dunyoqarashini kengaytirishga, hayotning turli sohalaridagi bilimlarini kengaytirishga, mehnat ko‘nikamalari va ishlab chiqarish tajribasi bilan ayirboshlashga, shaxsni, uning moddiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini rivojlantirishga, milliy madaniyat-laming integratsiyasiga xizmat qiladi123. Harakatchanroq aholi, qoidaga ko‘ra, ijtimoiy jihatdan ham faolroqdir. Aholi migratsiyasi, yuqorida qayd qilinganidek, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va maishiy sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin.
Migratsiya yo‘nalishi bo‘yicha esa ichki va tashqi migratsiya farqlanadi.
Ichki migratsiya - aholining bir mamlakat ichidagi harakatidir. Bunda qishloq (qishloq - shahar), shahar (shahar - qishloq), qishloqlararo (qishloq - qishloq), shaharlararo (shahar - shahar) migratsiyasi nazarda tutiladi.

Download 35.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling