16-Mavzu: Iqtisodiy o’sishda urbanizatsiyaning ahamiyati Reja
Aholining oddiy takror hosil qilinishi
Download 35.21 Kb.
|
16 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining kengaytirilgan takror hosil qilinishi.
Aholining oddiy takror hosil qilinishi. Aholining bunday takror hosil qilinishida ota-onalari avlodini almashtirayotgan farzandlar avlodining mutlaq soni bab-baravar boiadi. Bunday jamiyatda barqaror jins-yosh tarkibi shakllanadi. Shuning uchun uni “muqim tur”, deb ham ataladi. Aholining mazkur takror hosil qilinishi uchun tug‘ilish va oiimning, shuningdek, aholi tabiiy o‘sishining past ko‘rsatkichlari xos boiadi. Bunday holatda aholining umumiy soni ko‘paymaydi, ayrim noqulay vaziyatlar yuzaga kelsa, jamiyat aholining tor takror hosil qilinishi turiga o‘tib ketishi ehtimoli katta. Ushbu holatni hozirgi vaqtda Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan davlatlarida kuzatish mumkin. Ular uchun quyidagilar xos:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasi; oilalarda daromadning ortib borishi, farzandlar sonining kamayishi; urbanizatsiya darajasining yuqoriligi (75,0 %gacha); jamiyatda ayollar maqomi va rolining ortishi; jamiyatda yangi qadriyatlar shakllanishi; aholi tarkibida katta yoshdagi aholining ko‘payishi va boshqalar. Aholining kengaytirilgan takror hosil qilinishi. Aholining bunday takror hosil qilinishida bayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan ortiq boiadi. Natijada aholining jins-yosh tarkibining taraqqiy etuvchi turi shakllanadi, uning mutlaq soni ortib boradi. Bunday tur uchun tugilishning va aholi tabiiy o‘sishining yuqori, oiimning nisbatan past ko‘rsatkichlari xos boiadi. Aholining kengaytirilgan takror hosil qilinishi, eng avvalo rivojlanayotgan (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi) mamlakatlarda kuzatilmoqda. Aholining kengaytirilgan takror hosil qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy sabablari quyidagilardan iborat: iqtisodiy rivojlanish suratlarining pastligi, iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining katta salmoqqa egaligi; urbanizatsiya darajasining nisbatan pastligi (41,0 %gacha, qishloq joylarida tug‘ilish yuqoriroq darajada bo‘ladi); ijtimoiy munosabatlaming o‘ziga xosligi, ko‘p farzandlikni rag‘batlantiradigan diniy aqidalar; ayollaming kamsitilishi, nikohlarning erta tuzilishi; zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan epidemiya kasalliklariga qarshi kurashda foydalanish, sanitariya madaniyatining ortishi; musulmon mamlakatlarida oila rejalashtirilishining man etilishi va boshqalar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali foydalanish o‘lim darajasini pasaytirdi, lekin tug‘ilish, asosan, yuqoriligacha saqlanib turibdi. Download 35.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling