4-topshiriq.
Kompyuter lingvistikasi
“Kompyuter lingvistikasi” fani tabiiy tillarning matematik modellarini qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. “Kompyuter lingvistikasi” fani oldida turgan asosiy masalalar esa umumiy tilshunoslikning formal va aksiomatik modellarni qurish va konkret tillarning matematik modellarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu modellar asosida matnlarni tahrirlash, kompyuter tarjimasi, kompyuter lug’atlari, ona tili va chet tillarga o‘rgatish hamda bilimlarni baholash bo‘yicha kompyuter dasturlarini yaratish mumkin bo‘ladi.
Til qoidalarining matematik modeli matematik mantiqning formal va aksiomatik nazariyalari asosida quriladi. Shuning uchun bu fan matematik mantiq asoslarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bu yerda mulohazalarni hisob-kitob qilishning usullari hamda ularning formal va aksiomatik nazariyalari bayon qilinadi. Keyin o‘zbek tilining formal va aksiomatik modellari beriladi hamda lingvistik masalalarning matematik algoritmlari va kompyuter dasturlari keltiriladi.
5-topshiriq.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
2. Matn ma’lumotlarini asosiy va ikkinchi darajali qismlarga bo‘ling.
Ikkinchi darajali axborot
Asosiy axborot
6-topshiriq.
Quyidagi mavzular bo‘yicha loyiha rejasini tuzing.
“Elektron hukumat”
“Kelajakdagi universitet”
“Ekologiya va inson”
Nazorat savollari
Doklad – bu ……
Doklad tuzilishini tavsiflab bering.
Dokladning asosiy qismiga nimalar kiradi?
Ilmiy konferensiya nima?
Ilmiy konferensiya turlari.
Mustaqil ta’lim:
Tavsifnoma va uning zaruriy qismlari, namuna keltiring.
“Mahallamiz kelajagi” mavzusida matn tuzing.
Tarjimayi hol va uning zaruriy qismlari, namuna keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |